Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada Olti muxolifatchi partiyasi alyansidan (Xalq alyansi) nomzod Kamol Qilichdaro‘g‘li mamlakat demokratiyani sog‘ingani va u tez orada kelishini aytdi. Bu haqda u Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik va parlament saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelganida ma’lum qildi.

Foto: Anadolu

“Biz hammamiz demokratiyani, birga bo‘lishni sog‘indik. Ko‘rasiz, tez orada bu mamlakatga bahor keladi”, — dedi jurnalistlarga Turkiya muxolifati yetakchisi.

Foto: Anka

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida uch nomzod – amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li va “Otaturkchilar ittifoqi”dan nomzod Sinan Ogan ishtirok etmoqda. Yuqori davlat lavozimi uchun asosiy kurash Erdo‘g‘on va Qilichdoro‘g‘li o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

G‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz olish kerak, mahalliy siyosatshunoslar Turkiyada prezidentlik saylovlari ikki turda o‘tkazilishini istisno etmaydi. Ikkinchi tur 28-may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin. Ko‘pchilik ovoz bergan nomzod g‘olib deb e’lon qilinadi.

Parlament saylovlarida 36 partiya ishtirok etmoqda, ularning bir qismi parlamentga kirish uchun zarur bo‘lgan 7 foizlik to‘siqdan o‘tish uchun alyans tuzgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »