Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan Milliy komissiya va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining 2023-yildan boshlab har yili 1–10-dekabr kunlari mamlakatda “Inson huquqlari” o‘n kunligini e’lon qilish hamda barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan umummilliy dars o‘tkazish takliflari ma’qullandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy maqsadlarini amalda ro‘yobga chiqarishda BMT sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi maxsus jamg‘armasiga ixtiyoriy badal sifatida 100 ming dollar ajratadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil fevral oyida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston o‘qitish tizimini rivojlantirish maqsadida BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamg‘armasiga o‘z hissasini qo‘shmoqchiligini aytgandi. Shu yilning mart oyida esa Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turkni qabul qilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »