Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy Ukrainadagi urush bo‘yicha o‘zining neytral pozitsiyasi haqida bir necha bor gapirgan va o‘zini tinchlik vositachisi sifatida ko‘rsatishga harakat qilgan. Biroq, aslida Pekin uchun bu mojaroda kim g‘alaba qozonishi va tinchlik bitimi qanday shaklda tuzilishi unchalik muhim emas, shuning uchun Xitoyni “halol vositachi” deb atash qiyin. Bu haqda siyosiy tahlilchilarga tayanib, CNBC xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Nashrning taʼkidlashicha, Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishning boshidanoq Xitoy Rossiyaga “juda yaqin” bo‘lib, harbiy tajovuzni qoralashdan bosh tortgan, chunki Pekin “ko‘p qutbli dunyo” masalasida mafkuraviy jihatdan Moskvaga yaqin”.

Keyinchalik Xitoy tomoni Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha o‘z rejasini taklif qildi, chunki u Rossiya-Ukraina urushi imkon qadar tezroq tugashini taʼminlashga harakat qilmoqda. 

Biroq Pekin o‘zini Yevropadagi so‘nggi o‘n yilliklardagi eng qonli mojarolardan biriga barham bera oladigan “halol tinchlikparvar” sifatida ko‘rsatishga urinayotganiga qaramay, bunday pozitsiya shubhali.

“Xitoyning betarafligi, diplomatik mahorati va pirovardida vositachi sifatidagi yakuniy maqsadi haqida savollar bor”, — deydi siyosiy tahlilchilar.

Ularning fikricha, Xitoyga Ukrainada kim g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘q.  Pekin uchun, eng muhimi, xalqaro hamjamiyat nazarida Rossiya va Ukrainani muzokara stoliga olib keladigan va urushni tugatishga yordam beradigan hamkordek ko‘rinishi muhim.

“Xitoy Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda kim g‘alaba qozonishidan ko‘ra dunyoni zabt etishga ko‘proq eʼtibor qaratmoqda. Pekin o‘zini Ukrainani qayta qurishda muhim ahamiyatga egaligini va Yevropani konfliktdan keyingi kengroq tiklanishda muhimligini ko‘rsatishni istardi”, — dedi Brukings institutida Xitoy bo‘yicha siyosiy ekspert Rayan Xass.

Nyu-Yorkdagi Olbani universitetining siyosatshunoslik professori Cheng Chenning ishonchi komilki, Pekinning urushayotgan tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga urinishi shaxsiy manfaatlardan xoli emas.

Xitoy rahbariyati global vositachi sifatida o‘zining diplomatik qudratini namoyish etmoqchi.

“Shuningdek, Xitoy Rossiyani saqlab qoladigan kelishuvga erisha olsa, Rossiyani o‘z tomoniga yanada ko‘proq jalb qilishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Xitoyning bu vaziyatda geosiyosiy ustunlikka intilayotganining yana bir sababi bor. Gap shundaki, Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo hamda Okeaniya davlatlari ishtirokidagi Rossiya-Ukraina muzokaralarini muvaffaqiyatli tashkil etishda Xitoy qo‘shimcha vakolatga ega bo‘lishi mumkin.

“Bu mamlakatlarning qo‘llab-quvvatlashini qozonish uchun Xitoy ‘o‘tga yog‘ quyayotgan’ Qo‘shma Shtatlarning yondashuvidan farqli o‘laroq, tinchlikparvar sifatidagi obro‘sini mustahkamlamoqchi”, — deya xulosa qildi Chen.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »