Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tomoshabinning film qahramoniga ishonishi uchun film sujeti har doim ham yetarli bo‘lavermaydi. Maxsus kostyumlar, soch turmagi va, albatta, grim juda muhim.

Marta Mitchell — “Gazlit”

Foto: AdMe

Juliya Robertsni Marta Mitchellga o‘xshatish oson ish emasdi: aktrisaning o‘ziga xos yuz tuzilishi prototipiga o‘xshamasdi. Shuning uchun vizajistlar ko‘p ishlashi kerak edi: Marta va Juliyaning yuz shakllarini o‘rganib, bir-biriga mos bo‘lgan, ammo ayni paytda tashqi ko‘rinishiga zid bo‘lmagan soch turmagi va pardozlarni tanladilar.

Buning uchun 2 xil parik yaratiladi: Martaning nachosli va mashhur bob soch turmagi. Makiyajga kelsak, Juliyaning yuziga och ranglar qo‘llanilgan va lablari rangsiz lab bo‘yog‘i bilan bo‘yalgan.

Shuningdek, aktrisa uchun maxsus tish protezi qilingan, bu yuzining pastki qismini biroz yumaloq ko‘rinishiga imkon bergan.

Malefisenta — “Malefisenta”

Foto: AdMe

Anjelina Jolining Malefisenta uchun makiyaji 2,5 soat davom etgan. Shu bilan birga, film vizajisti Anjelina Malefisenta obrazini yaratishda bevosita ishtirok etganini aytadi. Jumladan, personajning o‘ziga xos belgisi bo‘lgan o‘tkir qirrali yonoq suyaklari “Born This Way” klipida Ledi Gagaganikidek bo‘lishini ta’kidlagan.

Foto: AdMe

Har kuni aktrisaning yonoqlari va burniga silikon qoplamalar yopishtirilgan. Anjelinaning terisini pardoz vositasidan himoya qilish uchun vizajist uning yuziga kokos va argan yog‘ini surtgan.

Baron Xarkonnen — “Dyuna”

Foto: AdMe

“Dyuna” filmining bosh yovuz qahramoni Vladimir Xarkonnenni Stellan Skarsgard ijro etgan. Bu personaj qiyofasini yaratish uchun vizajistga taxminan 16 hafta vaqt kerak bo‘ldi: kamida 15 xil texnika sinab ko‘rilgan.

Oxir-oqibat, baronni sochsiz va qoshsiz qilishga qaror qilindi va unga vazminlik berish uchun silikon yuz qoplamalari va “qalin” kostyum kiydirilgan. Rekvizitlarning umumiy massasi 9-11 kg edi. Natijada uning Xarkonneni chindan ham ajoyib chiqdi.

Kessi — “Umidi so‘nayotgan qiz”

Foto: AdMe

Film vizajistining so‘zlariga ko‘ra, qahramonning makiyaji alohida personaj edi. Kessi pardozsiz yurolmasdi, chunki bu unga kimligini yashirishga yordam beradi. Misol uchun, kun davomida qiz farishtaga o‘xshashi kerak edi va bunga tabiiy pardoz tufayli erishiladi.

Kechqurun Kessi bezori qizga aylanib, yangi niqob kiyadi. Uning ko‘zlari ataylab bulg‘angandek ko‘rinishi uchun vizajist aktrisaning kipriklariga tush surtib, darhol ko‘zlarini yumishini so‘raydi. Shuningdek, aktrisaning yuziga terlagandek ko‘rinishi uchun sprey sepilgan.

Ueyn Xeys — “Haqiqiy detektiv”

Foto: AdMe

Serialda Mahershala Ali qahramoni turli yoshda paydo bo‘ladi, demak, vizajistning mashaqqatli mehnatisiz bu obrazni ham tasavvur qilish mumkin emasdi. Qahramonning keksa “versiyasi” ustida ishlagan mutaxassis qanday qilib bunday realizmga erishganini aytib berdi.

Avval vizajist aktyor bilan uchrashish uchun boradi. Uning bir nechta fotografik portretlarini suratga oladi, shuningdek, har bir ajinni o‘rganish va vaqt o‘tishi bilan uning qanday o‘zgarishi haqida o‘ylash uchun Alining yuziga gips qo‘yadi. Ushbu tahlil asosida qurib qolgan teriga taqlid qilish uchun maxsus yuz qoplamalari ishlab chiqarilgan. Ularning yordami bilan aktyorni “qaritish” uchun vizajist 3 soatdan 5 soatgacha vaqt sarfladi.

Billi Jin King — “Jinslar jangi”

Foto: AdMe

Emma Stounni deyarli hech qachon bo‘yanmaydigan tennischi Billi Jin Kingga aylantirish uchun vizajistlar sportchining o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratdilar: qoraygan teri, sepkillar, qosh shakli va chandiqlar. Shuning uchun qahramon uchun maxsus pardoz ishlab chiqilgan bo‘lib, u spret, bronzer va minimal miqdordagi dekorativ kosmetikani o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, Stounning sochlari har hafta qora rangga bo‘yalgan — rang formulasi vizajist iltimosiga binoan taniqli kolorist tomonidan ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »