Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy Osiyoning ayrim davlatlari tavakkal qilishga tayyor emasligi va G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilishi mumkinligini namoyish qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin “Valday” xalqaro munozara klubining III Markaziy Osiyo konferensiyasida ma’lum qildi.

“Bir tomonlama iqtisodiy cheklovlarning nomaqbulligi va noqonuniyligi haqidagi pozitsiyalar o‘xshash ekaniga qaramay, Markaziy Osiyoning bir qator davlatlari tegishli tavakkalchiliklarni o‘z zimmasiga olishni istamayapti, ular G‘arbning cheklovchi choralariga amal qilishga tayyor ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Galuzinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “o‘zaro majburiyatlarga, shu jumladan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilmalaridagi majburiyatlarga zid bo‘lmagan holatlarning hech birida” kimgadir qanday tashqi va ichki siyosiy yo‘l tutish kerakligini uqtirmaydi. “Ishonchimiz komilki, Markaziy Osiyo poytaxtlari buni ko‘rib turibdi va tushunmoqda: Rossiya bilan aloqalarni sun’iy tarzda yo‘q qilish dong taratgan ikkilamchi sanksiyalardan ko‘ra jiddiyroq zarar keltirishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Vazir o‘rinbosari Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga qatʼiy qaror qilganini taʼkidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »