Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tojikistonning Xatlon viloyatida 21 yoshli yigitning qo‘lida snaryad portlab ketdi. Bu haqda “Daryo”ning Tojikistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: advantour.com

Hodisa Shamsiddin Shohin tumanida joylashgan Sho‘roobod qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Yigit olgan tan jarohati oqibatida halok bo‘lgan. Mahalla raisi Rizo Umar mazkur maʼlumot bo‘yicha jurnalistlarga xabar bergan.

Marhum Fazliddin Sangov Dang‘ara davlat oliygohi talabasi bo‘lgan. U akasi va uch nafar o‘rtog‘i bilan toqqa sayrga chiqqan va u yerda snaryadga ko‘zi tushgan. Hamrohlarining ogohlantirishlariga qaramay, Fazliddin yerda yotgan snaryadni qo‘liga olgan.

Snaryad esa uning qo‘lida portlab ketgan va yigit o‘sha zahotiyoq halok bo‘lgan. Hodisaga ehtiyotsizlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Tuman rasmiylari holat yuzasidan biror aniq fikr bildirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Shamsiddin Shohin tumani Afg‘onistonda joylashgan Badaxshon viloyatining Rog‘iston tumani bilan chegaradoshdir. Mazkur hududda mina va boshqa portlovchi qurollar Tojikiston davlat chegarachilari tomonidan tozalangan bo‘lsa-da, ammo uning qoldiqlaridan baʼzida mahalliy aholi jabr ko‘radi.

Choryor Avliyozoda, Dushanbe

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »