Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya va Eron “Shimol-Janub” xalqaro transport koridorini amalga oshirish doirasida Eron temiryo‘l liniyasini moliyalashtirish va qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Shartnomani imzolash 17-may kuni videoaloqa orqali bo‘lib o‘tgan, marosimda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy ishtirok etgan.

Taʼkidlanishicha, Rasht-Astara temiryo‘li Hindiston, Eron, Rossiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarni temiryo‘l va dengiz orqali bog‘laydigan koridorning muhim bo‘g‘ini sifatida qaralmoqda. Rossiya rasmiylariga ko‘ra, u asosiy global savdo yo‘li sifatida Suvaysh kanaliga raqobat bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Kaspiy dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab uzunligi 162 kilometr bo‘lgan ushbu temiryo‘l Boltiq dengizidagi Rossiya portlarini Hind okeani va Fors ko‘rfazidagi Eron portlari bilan bog‘laydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »