Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino ijodkorlar ko‘pincha filmlarda ba’zi sahnalarni qayta-qayta takrorlaydi. Biroq hayotda kinodagi esda qolarli daqiqalarni takrorlashga urinishlar har doim ham muvaffaqiyatli tugamaydi. Real hayotda butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.

Hech narsa qahramonga jiddiy zarar yetkaza olmaydi

Foto: AdMe

Jangovar filmlarda ko‘pincha qahramonning yovuzlarga qarshi yolg‘iz o‘zi kurashayotgani ko‘rsatiladi. Ajablanarli tomoni shundaki, qahramon og‘ir jarohat olsa ham tezda o‘zini o‘nglab, kurashishda davom etadi. Haqiqiy hayotda esa bunday to‘qnashuvlardan so‘ng, har qanday odam tibbiy yordamga va dam olishga muhtoj bo‘ladi.

Mehnatsevarlar hamma narsaga vaqt topadi

Foto: AdMe

Gollivud ko‘pincha ertalab soat 7 da ish boshlagan va yarim tungacha ishlaydigan qahramonlarni ko‘rsatadi: ular yig‘ilishlarda qatnashadi, bitimlar tuzadi va shartnomalar imzolaydi. Ekranda ular charchamagandek doimo tetik va quvnoq ko‘rinadi.

Misol uchun, “Fors-majorlar” serialidagi Xarvi Spektr (2011–2019) og‘ir ish jadvaliga qaramay, ertalab yugurish yoki mashg‘ulot uchun vaqt topadi. Buning uchun u har kuni ertalab soat 5 da turishi kerak. Ammo bunday tig‘iz jadvalga qaramay, qahramonning yuzida charchoq belgilari umuman bo‘lmaydi.

Ma'lumot qidirish har doim oson bo‘ladi

Foto: AdMe

Film qahramonlari internet yoki kitob do‘konida g‘ayrioddiy narsalarni qidirsa ham, ular har doim bir-ikki marta bosish orqali barcha javoblarni olishadi. Misol uchun, Bella (“Sumerki”) Edvardning oddiy odam emasligiga shubha qilganida, u tezda internetdan ma'lumot topadi. Bo‘rilar haqidagi afsonalar to‘plami ham mahalliy ikkinchi qo‘l kitob do‘konidan juda oson topiladi.

Tasodifiy detal yordam beradi

Foto: AdMe

“Kasl” (2009–2016) va “Elementlar” (2012–2019) kabi detektiv seriallarda bosh qahramonlar jinoyat sirlarini yechayotganda, odatda, jabrlanuvchi yoki gumon qilinuvchiga tegishli bo‘lgan mayda buyumlardan iz topadilar. Bu kitobdagi tabrik yozuvi, cho‘ntakda qolgan otkritka yoki chek bo‘lishi mumkin.

Biroq haqiqiy hayotda har bir inson atrofida bunday mayda detallar juda ko‘p, masalan, shaxsiy imzosi bo‘lgan kitob, do‘stlari yuborgan bayram otkritkasi yoki bir shisha suv va banan sotib olganining cheki. Bu kabi bir talay narsalar orasidan kerakli detalni topish uchun yillar ketishi mumkin.

Maftunkor odam har qanday narsani sotib olishga ko‘ndiradi

Foto: AdMe

Filmlardagi savdo bo‘yicha mutaxassis mijozni har qanday narsaga ishontira oladi. Oilaviy miniven uchun avtosalonga kelgan mijoz allaqachon qimmat va yorqin sport avtomobilini sotib olishga tayyor. Uning cheksiz miqdordagi pulga va har qanday hashamatga ega ekanligi ko‘rinadi va u bilan qimmatbaho tovarlar o‘rtasida faqat kostyum kiygan jozibali yigit turadi.

Aslida ko‘pchilik katta xaridlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishadi.Ular do‘kondan uyga salqin mashinada borishni xohlasalar ham, cheklangan budjet ularni bunday impulsiv xarid qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Qo‘pol, g‘alati odamga hamma toqat qiladi

Foto: AdMe

Ba'zi film va teleseriallarda o‘zlarining ekssentrikligi bilan yorqinlik qo‘shadigan qahramonlar bor. Masalan, “Katta portlash nazariyasi”da (2007–2019) bu qahramon Sheldon Kuper, “Bruklin 9-9” (2013–2021) filmida esa Jina Linetti. Ular qaysar, ko‘pincha xudbin va hatto qo‘pol bo‘lishi mumkin. Ammo g‘alati xatti-harakatlariga qaramay, qarindoshlari ularni yaxshi ko‘radi va ularga toqat qiladi. Ammo haqiqiy hayotda kam odam bundaylarga chiday oladi.

Erkak va ayol do‘stligi har doim romantikaga olib keladi

Foto: AdMe

Agar romantik komediyada erkak va ayol shunchaki do‘st yoki sherik bo‘lsa, film oxiriga kelib er-xotin bo‘lishadi. Biroq haqiqiy hayotda odamlar yillar davomida hech qanday kuchli romantik joziba sezmasdan yaxshi do‘st bo‘lib qolishlari mumkin.

Qahramonlar kunning istalgan vaqtida ko‘pikli vanna qabul qiladi

Foto: AdMe

Kinoda vannada cho‘milish har doim g‘ayrioddiy romantik ko‘rinadi: oppoq ko‘piklar, shamlar, havodagi sovun pufakchalari. Hammom haqida o‘ylaganimizda birinchi o‘rinda Vivyenning “Go‘zal ayol”dagi sahnasi bo‘lsa, ajabmas. Filmlarda bu har doim oson amalga oshiriladi: ulkan jakuzi to‘lguncha kutish shart emas, ko‘pik ham oppoq va ko‘p bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »