Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Parij appelyatsiya sudi sobiq prezident Nikolya Sarkozini “telefon suhbatlarini tinglash ishi” bo‘yicha bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: EPA

Ishda sobiq prezidentdan tashqari uning advokati Terri Erzog va sobiq sudya Jilbert Aziber ham ishtirok etmoqda. “Telefon suhbatlarini tinglash” ishi bo‘yicha qaror 2021-yil mart oyida chiqarilgan. Sarkozi korrupsiya va taʼsir doirasini savdolashishda aybdor deb topilgan, sud uni uch yilga ozodlikdan mahrum qilgan, ulardan ikkitasi shartli jazoni o‘tashdan iborat.

Erzog va Aziber ham korrupsiyada aybdor deb topilgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, Sarkozi jazoni qamoqxonada emas, uyda, elektron bilaguzuk bilan o‘taydi.

“Telefon suhbatlarini tinglash” ishi

Ayblov tomoniga ko‘ra, Sarkozi advokat orqali Aziberga Monako knyazligida lavozim olishiga yordam berishga vaʼda bergan. Buning evaziga Sarkozi uning saylovoldi kampaniyasi LʼOreal tomonidan noqonuniy moliyalashtirilishi bo‘yicha tergov jarayoni qanday ketayotgani haqida maxfiy maʼlumot olishni xohlagan.

2013-yil sentabrida ushbu moliyalashtirish ishi bo‘yicha tergov doirasida Sarkozining telefon suhbatlari tinglangan. 2014-yil boshida sud Sarkozi, Erzog va Aziber o‘rtasida tuzilgan “korrupsiya shartnomasi” mavjudligini aniqlagan.

Ishda dalil sifatida sobiq prezident va uning advokati o‘rtasidagi tinglangan suhbatlar yozuvlari keltirilgan. Suhbatdoshlar bir-birlarini hech qachon ismini aytib chaqirmagan bo‘lsalar-da, ekspertiza Sarkozi (suhbat uchun Pol Bismut taxallusidan foydalangan) so‘zlovchilardan biri ekanini tasdiqlagan.

2022-yil dekabr oyida “telefon suhbatlarini tinglash ishi” bo‘yicha appelyatsiya jarayoni boshlangan. Sarkozi bilan birga advokat va sudya appelyatsiya shikoyati bergan.
Prokuratura Parij appelyatsiya sudidan ish bo‘yicha ayblanuvchilarni bir xil muddatga – uch yillik sinov muddatiga hukm qilishni so‘ragan.

Sarkozi allaqachon jazoni o‘tagan

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Fransiyaning sobiq prezidenti 2012-yilda bo‘lib o‘tgan saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirganlikda aybdor deb topilgandi. Ayblovga ko‘ra, sobiq prezident ortiqcha xarajatlarni yashirish uchun soxta bank hisob raqamlaridan foydalangan.

Sarkozining aybi jinoiy harakatlar sodir etilgan vaqtda davlat rahbari bo‘lgani bilan og‘irlashgan. Uning o‘zi ham unga qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekanini bir necha bor taʼkidlagan. Keyin Sarkozi bir yil qamoq jazosiga hukm qilingan va jazoni uy qamog‘ida o‘tagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »