Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energiyaning yo‘qligi, o‘rindan turishni xohlamaslik, doimiy uyquchanlik — bularning barchasi katta shaharning tig‘iz ritmi va cheksiz stressning oqibatlari. Marie Claire nashrida e’lon qilingan material orqali doimiy charchoq bilan qanday kurashish yo‘llarini bilib olasiz.

Kofedan voz keching

Qahva sarflangan energiyani qaytaradi, uyquchanlikni yo‘qotadi va natijada samaradorlikni oshiradi, degan ongimizda mustahkam o‘rnashgan afsona qisman to‘g‘ri. Ha, haqiqatan ham kofein miyani faollashtirishga yordam beradi, lekin uzoq vaqt emas. Kundalik me’yordan oshib ketish umumiy holatni og‘irlashtiradi. Nega? Bu juda oddiy: kofein organizmdan namlikni tezda chiqarib yuboradi va suvsizlanish bilganingizdek charchoqqa olib keladi. Gap shundaki, organizmda kerakli miqdorda suv bo‘lmasa, bosim keskin pasayadi, qon aylanishi sekinlashadi, ya’ni organizm zarur bo‘lganidan ancha kam kislorod oladi.

Foto: Marie Claire

Gazaklar haqida unutmang

Kuchli charchoq va organizmda umumiy zaiflikning birinchi alomatlarida o‘zingiz uchun yengil tetiklantiruvchi gazak tayyorlang. Biroq menyu masalasiga mas’uliyat bilan yondashish kerak. Siz umuman shirin yoki yog‘li narsa iste’mol qilmasligingiz kerak, aksincha, energiya paydo bo‘lishiga hissa qo‘shadigan banan yoki sitrus mevalarini diyetangizga qo‘shing. Bunda barra ko‘katlar va pomidor qo‘shilgan salat yeyish maqsadga muvofiq. Chunki pomidorda aminokislotalarning yuqori miqdori har qanday energetik ichimlikdan yaxshiroqdir.

Albatta, nonushta qiling

Foto: Marie Claire

Nonushta kunning deyarli eng muhim taomi hisoblanishi ajablanarli emas. Nonushta organizmni kerakli soatlar davomida energiya bilan ta’minlashga yordam beradi. Siz uchun eng yaxshi variant bo‘tqa va bir bo‘lak bug‘doy nondir. Ularning organizmga sehrli ta’siri ikkala mahsulotda ham ko‘p miqdordagi kletchatkaga bog‘liq. Bundan tashqari, bo‘tqaga yogurt, pishloq yoki bir nechta apelsin qo‘shishingiz mumkin — sitrus mevalari ajoyib tanlov. Qolaversa, bunday to‘yimli, eng muhimi, sog‘lom nonushta nafaqat miyani, balki qomatni ham yaxshi holatda saqlashga yordam beradi.

Tushlik haqida unutmang

Ko‘pincha ishga ko‘milib ketganda kundalik ovqatlanishni unutamiz, keraksiz bo‘lib tuyuladigan jarayonni kechqurunga qoldiramiz, lekin aslida tushlik ish kunining qolgan qismida sizning quvvatli holatingizni kafolatlaydi.

Ofis havosini almashtiring

Mas’uliyatli vazifalarni bajarish chog‘ida toza havo surunkali charchoqqa qarshi kurashda eng zarur omillardan biridir. Gap shundaki, charchoqning asosiy sabablaridan biri gipoksiya yoki oddiyroq aytganda, kislorod yetishmasligidir. Sovuq havoda ham deraza yoki oyanlarni ochishga harakat qiling, xona havosini almashtirib turish odat tusiga kirsin. Agar shamollab qolishdan qo‘rqsangiz, ijobiy ta’sir uchun ikki yoki uch daqiqa kifoya qiladi, chunki bu qisqa vaqt ichida ham ofisingizda havo yangilanadi.

Ishni rejalashtiring

Foto: Marie Claire

Ishdan uyga qaytganingizdan so‘ng darhol uy yumushlarini bajarishga shoshilmang, o‘zingizga dam olishga vaqt bering. Yarim tundan oldin yoting — bu vaqtda tanangiz tun davomida to‘liq dam olish va kuchga ega bo‘ladi.

Kuningizni ijobiy his-tuyg‘ular bilan to‘ldiring

Uyquga yotishdan oldin keyingi kun uchun sizni xursand qiladigan biron-bir faoliyat bilan shug‘ullaning. Stilistga navbatga yoziling yoki yangi ko‘ylak uchun do‘kon aylanishni rejalashtiring. Psixologlarning fikricha, yoqimli voqeani kutish ertalab o‘rindan turishni osonlashtiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »