Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda “Turkmangaz” davlat konserni raisining sobiq o‘rinbosari Atamurat Chariyev “Galkinish” konida sodir bo‘lgan avariya sababli sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Turkmennews xabar berdi.

Foto: Turkmennews

Sud qachon va qayerda bo‘lib o‘tgani hozircha nomaʼlum. Jazo muddatidan tashqari, amaldorga katta moliyaviy daʼvo ilgari surilgan. Qishdagi ushbu avariya tufayli anomal sovuqda O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bir necha kunga to‘xtatilgandi.

Mamlakatdagi rasmiy ommaviy axborot vositalari hukm haqida xabar bermagan. Turkmaniston hukumati qo‘shni davlatga gaz taʼminotidagi uzilishni o‘z fuqarolaridan yashirishga uringan, deyiladi xabarda.

Chariyev nafaqat sakkiz yilga qamalgan, balki yetkazilgan zararni katta hajmda qoplashga ham majbur qilingan. Gaz yetkazib berishdagi uzilish ishi bo‘yicha boshqa ayblanuvchilarning taqdiri hozircha nomaʼlum.

2023-yil yanvar oyida “Galkinish”dan gaz yetkazib berish to‘xtatilishiga sifatsiz quritish datchiklari buzilgani, shuningdek, yoqilg‘ining muzlashiga yo‘l qo‘ymaydigan reaktivlar yetishmasligi sabab bo‘lgan.

12-yanvardan Turkmaniston “Galkinish” konidagi texnik nosozliklar tufayli O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatgan. Anomal sovuq konda gidrat hosil bo‘lishiga olib kelgan. Shu sabablarga ko‘ra Turkmaniston–O‘zbekiston–Qozog‘iston–Xitoy gaz quvuri orqali Xitoyga gaz eksporti sezilarli darajada kamaygan.

“Galkinish” konidan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish majburiy to‘xtatilgani ortidan olti kun davomida yetkazilgan zarar miqdori 59,7 million dollarni tashkil qilgan.

13-yanvar kuni Serdar Berdimuhamedov neft va gaz sanoatiga masʼul vazir o‘rinbosari Shohim Abdrahmonov va “Turkmangaz” rahbari Botir Amanovga so‘nggi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh bergan. Prezident noroziligining aniq sabablari aytilmagan, biroq Abdurahmonov va Amanov kondagi texnik nosozliklar uchun jarimaga tortilgan, bunga gaz eksportining to‘xtab qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Atamurat Chariyev 2019—2021-yillarda muzlashdan himoya qiluvchi reagentlarni xarid qilish uchun bevosita javobgar bo‘lgan. Manbalarning taʼkidlashicha, u bir necha bor yaxshi qimmat antifriz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan, aslida esa arzon analoglarni sotib olgan. 

Amaldor bu firibgarlikdan tushgan daromadni davlat konsernining o‘sha paytdagi rahbari Murod Archayev va gaz qazib olish boshqarmasi boshlig‘i Gadam O‘raniyozov bilan bo‘lishib olgan.

Gaz yetkazib berishdagi avariyadan keyin Chariyev hukumat idoralaridan biriga mutaxassis lavozimiga o‘tkazilgan. Ehtimol, endigina bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Ashirguli Begliyev unga qiyin paytlarda “lavozimida o‘tirish” imkoniyatini bermoqchi bo‘lgan. Biroq bu ish bermagan va 18-mart kuni Chariyev hibsga olindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »