Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidentligiga nomzod Kamol Qilichdaro‘g‘li hokimiyatni amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qoldirmoqchi emasligini aytdi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida maʼlum qildi.

Foto: Getty Images

Kamol Qilichdaro‘g‘li saylovning ikkinchi bosqichida yutqazmoqchi emasligini qayd etdi.

“Biz vatanimizni kecha Buyuk Yaqin Sharq hamraisi bo‘lgan, endi esa eʼtiborini eshigiga taʼzim qilib, Rossiyaga qaratgan soxta dunyo yetakchisiga qoldirmaymiz”, — dedi siyosatchi.

6-may kuni Erdo‘g‘on saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya, AQSH va boshqa davlatlarga nisbatan ilgari olib borgan siyosatni davom ettirishini aytdi. Uning fikricha, barcha davlatlar bilan hamkorlik Turkiya uchun foydali.

Bundan avvalroq esa Qilichdaro‘g‘li Rossiyani fitnada ayblab, agar prezidentlik saylovlaridan keyin Turkiya bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor bo‘lsa, “turk davlatidan qo‘lini olishga” chaqirgandi.

Erdo‘g‘on bunga javoban xorijiy davlatlar bilan aloqa qilishda 20 yillik tajribaga egaligi, ularning asl niyatlarini yaxshi bilishini taʼkidlagan. Turkiya yetakchisi Qilichdaro‘g‘li va unga o‘xshaganlarning bayonotlari mamlakat taraqqiyotini to‘xtatish va “Turkiyaning 100 yilligi” konsepsiyasi maqsadlariga erishishga to‘sqinlik qilmoqchiligini aytgan. U mazkur bayonotni uyatli deb atagan.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada 14-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda prezidentlikka nomzodlarning hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz to‘play olmadi, shu munosabat bilan mamlakatda rasman ovoz berishning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi. 

Saylov qutilarining 100 foizi ochilishi natijalariga ko‘ra, amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 49,51 foiz, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdaro‘g‘li 44,88 foiz, “Otaturkchilar ittifoqi”dan Sinan Ogan 5,17 foiz ovoz olgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »