Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada 2022-yilda tashkil etilgan “Rossiyalik o‘qituvchi xorijda” nomli loyiha doirasida Tojikiston umumta’lim maktablarida dars berayotgan rus o‘qituvchilarining soni 75 nafarga yetdi.  Bu haqda “Daryo”ning Tojikistondagi muxbiri xabar berdi.

Gumanitar dastur asosida yo‘lga qo‘yilgan ushbu loyihada Tojikiston birinchilardan bo‘lib ishtirok etdi. Natijada mamlakat poytaxtidagi 22 ta maktab hamda Tojikistonning boshqa shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarda rossiyalik o‘qituvchilar ishlash uchun jalb etildi. Rossiyaning turli mintaqalaridan kelgan o‘qituvchilar asosan rus tili va adabiyotidan dars bermoqda.

Xorijlik o‘qituvchilarning oilalari yotoqxonalar bilan ta’minlangan va ularning yo‘l xarajatlari ham to‘lanadi. Televizor va kir yuvish mashinasi kabi uy-ro‘zg‘or buyumlariga ehtiyoj sezilsa, loyiha asosida ular darhol sotib olinadi.

Mazkur loyihaning muvaffaqiyatli ishlayotgani bois rossiyalik o‘qituvchilarning soni Tojikistonda hozirgacha uch baravarga oshgan. Dastlab ularning soni 25 nafar edi. Bu o‘qituvchilar ham Rossiya, ham Tojikistondan maosh oladi. Ular Rossiya elchixonasi va “Rossotrudnichestvo” shirkati orqali bu loyihaga jalb etilgan.

Hozirgi vaqtda rus o‘qituvchilari nafaqat Dushanbe shahri, balki Xo‘jand, Ko‘lob, Boxtar va Xorug‘ shaharlarida ham mehnat qilib, raqobat yzaga kelishiga sababchi bo‘lmoqda. 

Choryor Avliyozoda, Dushanbe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »