Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Chexiya hukumati Rossiya elchixonasiga Praga va boshqa shaharlardagi yerlardan tekin foydalanish huquqini beruvchi Sovet davridagi qarorlarni bekor qildi, deb yozdi Chexiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha vaziri Martin Dvoryak Twitter’da.

Foto: Getty Images

SSSR va undan keyingi Rossiya elchixonalari yerdan tekin foydalanishini nazarda tutuvchi 9 ta qaror Chexoslovakiya hukumati tomonidan 1972—1980-yillar oralig‘ida qabul qilingan. Dvoryakning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaqtdan buyon Rossiya Chexiyadagi katta yer uchastkalaridan foyda ko‘rgan va Ukrainadagi bosqinni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishi mumkin.

“Mamlakatimiz bosib olingandan keyin rus zambaraklarining o‘qi ostida qabul qilingan hukumat qarorlarini bekor qildik” — dedi u 1968-yilda Sovet qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga bostirib kirishini nazarda tutib.

Gap Rossiya elchixonasi tomonidan “diplomatik maqsadlarda” foydalanilmayotgan 59 ta yer uchastkasi haqida bormoqda. Ular Pragada, Karlovi Vari (G‘arbiy Chexiya), Brno (respublikaning janubi-sharqida) va mamlakatning boshqa hududlarida joylashgan.

OAV maʼlumotlariga ko‘ra, ushbu maydonlarda 25 ta bino joylashgan.

ČTK axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya elchixonasi ushbu yer uchastkalaridan kelgusida ijara bitimlari yoki Chexiya manfaatlariga javob beradigan boshqa qarorlar asosida foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya foydalanayotgan yer uchastkalarining umumiy maydoni 92 001 kvadrat metr maydonni egallaydi, Rossiyadagi Chexiya obyektlari esa — 26,875 kvadrat metr. 2020-yil iyul oyida Respublika Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasiga nota yo‘llab, bundan buyon diplomatik maqsadlarda foydalanilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari diplomatik vakolatxona binosi sifatida tan olinmasligini bildirgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »