Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi 10—17-may kunlari autsorsing xizmati uchun boshlang‘ich qiymati 714,5 million so‘mlik tender o‘tkazgan. “Daryo” muxbiri lot hujjatlarini ko‘zdan kechirish jarayonida shubhali holatni aniqladi.

Skrin: Statistika agentligi

Tenderda internat uyida yashovchi fuqarolarga 3 mahal issiq ovqat tayyorlash va yetkazib berish xizmati o‘ynalgan. G‘olib korxona 2023-yilning 8 oyi davomida har oy qariyb 3000 portsiya ovqat tayyorlashi kerak bo‘ladi.

Skrin: Xarid loti bayonnomasi

Lotni yutish uchun ikkita tadbirkorlik subyekti raqobatlashgan:

  • “Biznes Orzu-Maqsad” MChJ;
  • “Paxtaobod Orzu-Maqsad” MChJ.

Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, tenderni “Biznes Orzu-Maqsad” yutib olgan. Shartnoma summasi qariyb 710 million so‘m. “Paxtaobod Orzu-Maqsad” esa zaxira yetkazib beruvchi deb belgilangan.

Skrin: Statistika agentligi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tender g‘olibi bo‘lgan “Biznes Orzu-Maqsad“ MChJ Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Nodirabegim” mahallasida joylashgan. 

Skrin: Statistika agentligi

Shubhalisi, tenderda unga raqobat uyushtirgan “Paxtaobod Orzu-Maqsad” MChJning yuridik manzili ham aynan Paxtaobod tumani “Nodirabegim” mahallasida hisoblanadi.

Bundan tashqari, bu ikki tadbirkorlik subyektining elektron pochta manzillari ham bir xil: orzu-maqsad@gmail.com.

Nomlari, joylashuv manzillari, aloqa ma’lumotlari juda ham o‘xshash bo‘lgan bu ikki firma o‘zaro aloqadormi? Ularni bir shaxs yoki bir oila boshqaradimi? Bu savollarni mas’ullar uchun ochiq qoldiramiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »