Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Mazkur milliy tizim doirasida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.

Zilzila o‘chog‘iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda:

  • “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

2023-yil 1-avgustdan:

  • “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;
  • suv omborlarida ishlovchi masʼul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yil 1-yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.

Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

2023-yil 1-iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlari ko‘rsatkichlarini o‘rganish ishlari tashkil etiladi. 2023/2024-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional taʼlim bosqichlarining amaldagi taʼlim dasturlariga Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari kiritiladi.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yildagi zilzilalar

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan va ular natijasida yetkazilgan iqtisodiy zarar 84 milliard so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatda yarim yil ichida 50 ta ko‘p qavatli uylar (to‘qqiz qavatli va undan ortiq) loyihalarining faqat uchtasi ma’qullangan. Qolganlari seysmik talablarga javob bermagan va qayta ishlash uchun yuborilgan

Mart oxirlarida O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila sodir bo‘lishi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirib, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini, O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir bo‘lishi va har doim shunday bo‘lganini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »