Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ladi. 

Tashrif arafasida 17-may kuni Sian shahrida O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum davomida 20 dan ortiq kelishuv va shartnomalar imzolandi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev forum viloyat uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochganini aytdi. 

“Prezidentimiz aprel oyida Sirdaryoga uyushtirgan tashriflarida bizga juda ko‘plab yo‘nalishlarni belgilab berdilar. Hozir Sirdaryo viloyati misolida aytib o‘tadigan bo‘lsam, demak, 61 ta korxonada 67 ta loyiha amalga oshgan. Bu o‘rtacha 520 mln dollarlik loyiha hisoblanadi. Mana bugun biznes forumda yangi-yangi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordik. Hozirgi kunda bizdagi istiqboldagi loyihalarimiz 15 ta bo‘lib, bunda 1 mlrd 486 mln dollarlik kelishuvlar amalga oshdi. 

Shu oy yakunigacha Sirdaryoda avtomobil ishlab chiqarish boshlanadi. Qator kompaniyalar bilan birgalikda agrologistika bo‘yicha 500 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi. Bundan tashqari, istiqbolda Sirdaryoni innovatsion hududga aylantirish hamda Xitoy—O‘zbekiston munosabatida Sirdaryoning roli alohida bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha ish olib borilmoqda”, — deydi hokim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda enegetika tizimidagi vazifalardan kelib chiqib, Sirdaryo viloyatida qo‘shimcha ravishda energetika sohasi bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilishi belgilandi. 

“Bunda albatta gazni iqtisod qilish hisobiga ko‘mirga o‘tkazish bo‘yicha Xitoy texnologiyasini joriy etish masalasida muzokaralar ketmoqda. Albatta, bu narsa energiya taʼminotimizni tejash va muqobil energiyani rivojlantirish uchun juda katta bir yo‘nalish bo‘ladi. 

Biz Xitoy misolida ko‘ryapmizki, ilmiy yondashuv hisobiga yangi texnologiyalar jarayonga tatbiq etilgan. Shundan kelib chiqib, xitoylik hamkorlarimiz bilan yangi texnologiyalarni O‘zbekistonda, aynan Sirdaryo viloyatida joriy etish bo‘yicha juda katta rejalarni qilib oldik.

Tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga kambag‘allikni qisqartirishga erishishimiz mumkin. Xitoy tajribasidan kelib chiqsak, yangi ish o‘rinlarini yaratib, kichik va o‘rta biznesga davlat tomonidan eʼtibor berish natijasida kambag‘allikni qisqartirish masalasida ijobiy natijaga erishgan. Juda ko‘p xitoylik hamkorlar O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqish bildirishyapti”, — deya qo‘shimcha qildi Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »