Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidentligiga muxolifatdan nomzod Kamol Qilichdaro‘g‘li saylovda g‘alaba qozonsa, millionlab qochqinlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini aytdi. Bu haqda uning nutqiga tayanib, CNN Turk xabar berdi.

Foto: Reuters

“Saylansam, barcha qochqinlarni mamlakatiga qaytarib yuboraman”, — dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada 10 millionga yaqin qochqin bor.

“Agar ular mamlakatda qolsa, 10 milliondan ortiq yangi ko‘chmanchilar Turkiyaga oqib keladi. Dollar kursi esa 30 liragacha ko‘tariladi (hozirda bir dollar turk lirasiga nisbatan 19,7 liraga teng)”, — deydi Qilichdaro‘g‘li.

Saylovlar haqida

14-may kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Birinchi tur natijalariga ko‘ra, Erdo‘g‘on 49,51 foiz, Qilichdaro‘g‘li 44,88 foiz ovoz olgan. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzodga 50 foizdan ko‘proq ovoz kerak edi, shuning uchun ovoz berishning ikkinchi bosqichi 28-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Turkiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 14-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda ishtirok etganlar 88,92 foizni tashkil qilgan. Kuzatuvchilar ovoz berishning ikkinchi bosqichida ham saylovchilarning faolligini kutishmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »