Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Alimardon Qarshiyev lavozimidan ozod etildi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi bu borada tegishli qaror qabul qilgan.

Alimardon Qarshiyev ushbu lavozimda 2019-yildan buyon ishlab kelayotgan edi. O‘shanda u shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan Shuhrat Turdiqulov bilan o‘rin almashgandi.

Shu bilan birga, kengash qarori bilan Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Abdulvosid Homitjonov tayinlangan.

2018-yildan beri Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Jahongir Ortiqxo‘jayev joriy yil 16-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan energiya resurslari ta’minotiga doir yig‘ilishda ishdan olingandi. 23-mart kuni esa “O‘zavtosanoat” kompaniyasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Poytaxt hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »