Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati 15—31-mart kunlari boshlang‘ich qiymati 648 ming dollarlik (taxminan 7,5 milliard so‘m) tender o‘tkazgan. “Daryo” hujjatlarni tahlil qilib, lot savdosi bo‘yicha ma’lumot beradi.

Skrin: “etender.uzex.uz“

Tender samolyot yo‘lovchilari uchun bir martalik quloqchinlar sotib olish maqsadida amalga oshirilgan. Texnik topshiriqqa ko‘ra, g‘olib korxona 90 kun ichida bir donasining o‘rtacha narxi 2000 so‘m bo‘lgan naq 3 million 600 mingta naushnik yetkazib berishi kerak.

Skrin: Texnik topshiriq

Xarid savdolarida oltita firma raqobatlashdi. Ammo ulardan uchtasi tenderdan chetlatilgan, sabab: korxonalarning rahbariyatlari o‘zaro bog‘liq, affillangan.

Skrin: Xarid loti bayonnomasi

Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, tenderni Xitoyning Guangxi Fusui Huayunuo Trading kompaniyasi yutib olgan. Shartnoma summasi — 576 ming dollar. Bundan kelib chiqadiki, Uzbekistan Airways’ga quloqchinlarning bir donasi 1800 so‘mdan tushadi.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »