Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozish juda murakkab jarayon va bir zumda o‘zgarishni kafolatlamaydi. Ba’zan, qo‘shimcha kilolardan qutulganingizdan so‘ng, tashqi ko‘rinishdagi yoshlik va go‘zallikni tiklash uchun ko‘proq harakat talab qilinishi mumkin.

Demi Mur

Foto: Woman.ru

Eshton Kutcher bilan ajrashganidan so‘ng Demi Mur tushkunlikka tushib, nafaqat hayotga, balki ovqatga bo‘lgan ishtahasini ham yo‘qotdi. Natijada aktrisa tez vazn tashlay boshladi. Tez orada Gollivudning birinchi raqamli sohibjamoli deyarli nam qoqsuyakka aylandi. Ma’lum bo‘lishicha unga rasman anoreksiya tashxisi ham qo‘yilgan.

Aktrisaga o‘zini topish va normal hayotga qaytish uchun bir yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan Mur yo‘qolgan vazniga ega bo‘ldi, ammo bir nechta plastik operatsiyalarni o‘tkazdi. Shunga qaramay aktrisaning yonoqlari cho‘kib qolgan. Bunday ko‘rinishi esa yoshiga yosh qo‘shadi.

Anjelina Joli

Foto: Woman.ru

Anjelina Joli ham uzoq davom etgan ajralish jarayoni tufayli stress ostida ancha o‘zgardi. Bred Pitt bilan bir necha yil doimiy sud ishlarini o‘tkazgandan so‘ng, kino yulduzi nafaqat 45 kilogacha vazn yo‘qotdi, balki yuz falajiga ham duchor bo‘ldi.

Kelishgan Pittdan farqli o‘laroq, so‘nggi yillarda Joli charchagan va qanchalik afsusli bo‘lmasin, qarigan ko‘rinadi. Endi Anjelina qanchalik xohlamasin yuzining aniq konturlarini tiklash va hech bo‘lmaganda eng aniq burmalar va ajinlardan xalos bo‘lish uchun muntazam ravishda qarishga qarshi usullarga murojaat qila olmaydi. Buning sababi shundaki, vaqti-vaqti bilan uning kasalligi yana o‘zini ko‘rsatadi, bu yulduzning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir qiladi.

Selin Dion

Foto: Woman.ru

So‘nggi yillarda muxlislar Selin Dionning sog‘lig‘idan xavotirda. 2016-yilda eri vafotidan so‘ng, qo‘shiqchi butunlay boshqa insonga aylandi. U eng yangi moda tendensiyalariga, shuningdek, o‘g‘illari tengi yosh yigitlarga qiziqib qoldi. Hatto Selin tashqi ko‘rinishini o‘zgartirdi, ammo yaxshi tomonga emas.

U har doim ozg‘in deb hisoblangan, ammo endi Dion shamoldagi qamish kabi noziklashib ketdi. G‘ayrioddiy ochiq kiyimlar uning qoqsuyaklarini ta’kidlaydi. Uning chuqur ajinlar bilan qoplangan yuzi, ayniqsa, xunuk ko‘rinadi.

Juliya Roberts

Foto: Woman.ru

2017-yilda eri Denni Moder bilan ajrashganligi haqidagi mish-mishlar ortidan Juliya Roberts 20 kiloga semirdi, lekin tez orada o‘ziga qarab, avvalgidan ham ozib ketdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u vazn yo‘qotganini o‘zi ham sezmagan — shunchaki “Uyga qaytish” serialida juda faol suratga tushgan.

Yulduz vazn yo‘qotishni davom ettirgandan so‘ng, muxlislari yuzlari burishib ketganini gapirishdi. Biroq Roberts tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlardan xavotirlanmaydi va jamoatchilik fikri uchun hech narsani o‘zgartirmoqchi ham emas.

Keyt Middlton

Foto: Woman.ru

Keyt Middlton genetik jihatdan juda omadli ekani shubhasiz haqiqat. Kembrij gertsoginyasi uchta farzandining har biri tug‘ilgandan keyin ajoyib tezlikda ozadi.

Shunga qaramay, ko‘pchilikka o‘tgan bahorgi tug‘uruqdan keyin shahzoda Uilyamning rafiqasi juda ozg‘in va charchagan ko‘rinadi. Keyt qanchalik nozik va jilmayuvchi bo‘lmasin, internetda terisining ajinlari va xiralashganligi juda aniq ko‘rinadigan fotosuratlar tobora ko‘payib bormoqda. Buning sababi Keyt shunchaki yuziga qomati kabi e’tiborli emas. Middlton bir nechta go‘zallik proseduralaridan bir zumda yoshroq ko‘rinishi va darhol bu ro‘yxatni tark etishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »