Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy va Turkmaniston dunyodagi ikkinchi yirik gaz koni hisoblangan “Galkinish”ni o‘zlashtirishning ikkinchi bosqichini amalga oshirishni tezlashtirish niyatida. Bu haqda “Neytralniy Turkmenistan” nashri xabar berdi.

“Bu bosqich O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududi orqali qurilishi rejalashtirilgan yangi quvur orqali turkman gazini yetkazib berish hajmini oshiradi”.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 18-may kuni amaliy tashrif bilan Xitoyga keldi. Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan u Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo—Xitoy” sammitida ishtirok etadi va Xitoy rahbariyati bilan alohida uchrashuv o‘tkazadi.

“Yuqori darajadagi navbatdagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”

“Galkinish” sanoat o‘zlashtirishining birinchi bosqichida CNPC (Xitoy), LG va Hyundai (Janubiy Koreya), shuningdek, Petrofac va Gulf Oil & Gas Fze (BAA) ishtirok etgan.

Yiliga 30 milliard kub metr gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega, qiymati 10 milliard dollar bo‘lgan loyiha asosan Xitoy taraqqiyot banki krediti hisobidan amalga oshirilgan.

Ish 2013-yilda yakunlangan va oradan yetti yil o‘tib Turkmaniston hukumati gazni O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali tranzit eksport qilish hisobiga qarzni to‘laganini maʼlum qilgan.

2022-yil mart oyi oxiri holatiga ko‘ra, “Galkinish” inshootlari ishga tushirilgandan beri ishlab chiqarilgan gazning umumiy hajmi 132 milliard kub metrni tashkil qilgan. Turkmaniston hududidan Xitoyga tabiiy gaz Bagtiyarlik kontrakt maydonidan yetkazib berilmoqda. CNPC u yerda 2007-yildan beri faoliyat olib boradi.

2009-yildan 2022-yil dekabrigacha O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali Xitoyning 27 viloyati, munitsipalitetlari, avtonom rayonlari va Gonkong maxsus maʼmuriy rayoniga 350 milliard kub metrdan ortiq turkman gazi yetkazib berilgan.

Aziz Boyarov, Ashxobod

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »