Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

DXX Toshkent shahrida qalbaki 100 ming AQSH dollarini sotishga uringan shaxslarni qo‘lga oldi, deb xabar beradi O‘zA.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Sergeli tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda 1974-1982-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaro qalbaki 100 ming AQSH dollarini 70 ming dollarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ulardan birining yashash xonadonidan ham qalbaki 10 950 AQSH dollari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Qalbaki pullar muomalasi

Aprel boshlarida Toshkent shahri Yangihayot tumanida xaridor qalbaki pulga iPhone sotib olgani, Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

2022-yil noyabrida Namangan viloyatida qalbaki 8 300 dollarni muomalaga kiritishga uringan shaxs ushlangan edi. Dekabrda esa Namanganda MIB idorasida qalbaki 10 000 dollar yoqib yuborilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »