Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Filmning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan aktyorlarning rolga qanchalik mos kelishiga bog‘liq. Biroq kasting menejerlari ham barcha odamlar kabi ba’zida xato qilishadi va rolga mos kelmaydigan yulduz tanlanadi.

Qora beva — Skarlett Yoxansson

Foto: AdMe

“Temir odam-2” filmi aktyorlari oldindan ma’lum bo‘lgach, muxlislarda g‘azab to‘lqini paydo bo‘ldi. Yoxanssonning super josus rolini o‘ynashi ko‘pchilikka yoqmadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari boshqa nomzodlarni taklif qilishdi: masalan, dastlab ushbu rol uchun ko‘rib chiqilgan Emili Blant. Film chiqqandan keyin tomoshabinlar aktrisaning ekranda paydo bo‘lishi esnashga sabab bo‘lganini ta’kidlashdi.

Jey Getsbi — Leonardo Di Kaprio

Foto: AdMe

Ayrim tanqidchilarning fikricha, Di Kaprio ko‘p qirrali va iste’dodli aktyor bo‘lishiga qaramay, Getsbi roliga mos tushmagan. Jey Getsbi xavf-xatarni sezadigan dadil odam bo‘lishi kerak. Tomoshabinlarning fikricha, Leonardo ijrosidagi Getsbi masxarabozga o‘xshab qolgan.

Jinni Uizli — Bonni Rayt

Foto: AdMe

Garri Potter kitoblarini o‘qigan har bir kishi Jinni go‘zal va xushchaqchaq qiz bo‘lishini biladi. Filmdagi bu rolni o‘ynagan Bonni Rayt deyarli sezilmaydi ham. Undagi haqiqiy sehrgarlik qudratini, omadli sportchi va ko‘plab talabalarning orzusi bo‘lgan qiz obrazini aktrisa maromiga yetkazib o‘ynolmagan.

Bell — Emma Uotson

Foto: AdMe

Disney’ning “Sohibjamol va maxluq” ertagining filmi turli baholarga sazovor bo‘ldi. Tomoshabinlarga nafaqat biroz modernizatsiya qilingan ssenariy, balki Uotsonning ijrosi ham yoqmadi: “Ekranda Bellni emas, feminist Emma Uotsonni ko‘rish mumkin”. Ba’zilar esa aktrisa Bellning rahm-shafqat va sabr kabi muhim xususiyatlarini yetkaza olmaganini ta’kidlaydi.

Axilles — Bred Pitt

Foto: AdMe

Ijodkorlar “Troya” dostonini ko‘ngilochar filmga aylantirib qo‘yishdi, unda kuchli dramatik sahnalar umuman yo‘q. Bred Pittning ijrosi ham tanqidchilar e’tiboridan chetda qolmadi. U Gretsiyaning buyuk jangchisi obrazini yaratishi kerak edi, lekin buni uddalay olmadi: “Pitt yaxshi aktyor va kelishgan erkak, ammo Axilles  bunday personaj emas”. Bred Pitt tomonidan ijro etilgan afsonaviy jangchi juda zamonaviy bo‘lib qolgan.

Olimpiada — Anjelina Joli

Foto: AdMe

Ushbu rol uchun Joli “Eng yomon aktrisa” nominatsiyasida “Oltin malina” mukofotini oldi. Anjelinaning g‘alati aksenti tanqidchilarga yoqmaydi. Tomoshabinlar ham Joliga bo‘lgan sevgilariga qaramay, u Olimpiadani yomon o‘ynaganini tan olishadi.

Jeyn Foster — Natali Portman

Foto: AdMe

Tor haqidagi ikkinchi film chiqqandan so‘ng Natali Portman Marvel’da ko‘rinmay qoldi. Iste’dodli aktrisaning ba’zi muxlislari uning yuzaki va zerikarli aktrisaligidan hafsalasi pir bo‘lgan. Ularga Portman personajini jonlantirish uchun yetarlicha sa’y-harakatlar qilmagandek tuyuldi: “U har safar his-tuyg‘ularini ifodalashga harakat qilganda juda bema’ni bo‘lib chiqadi”.

Robin Gud — Kevin Kostner

Foto: AdMe

Tomoshabinlarga Robin Gudning ko‘z qarashi yoqmaydi. Robin Gud chidamli, baquvvat qahramon, Kostner esa, ularning fikricha, charchagan chol bo‘lib qolgan. Uni hatto daraxtga qiyoslashgan: “Kostner ijrosidagi Robin Gud Nottingem o‘rmonidagi daraxtlardan biriga o‘xshab qotib qolgan”.

Jonatan Xarker — Kianu Rivz

Foto: AdMe

1992-yilda Brem Stokerning “Drakula” romanining navbatdagi filmi chiqdi. Tanqidchilar filmning asosiy kamchiligini kino faxriylari Gari Oldman va Entoni Xopkins darajasiga yeta olmagan Rivzning ijrosi deb atashdi. Filmda Rivzning xotirjam emasligi seziladi, uning inglizcha aksenti esa kino tarixidagi eng yomonlaridan biri sifatida tan olindi. Tomoshabinlar ham Rivzning britaniyaliklarni o‘ynashga urinishidan xursand bo‘lmadi.

Miss Kollin Xannigan — Kemeron Dias

Foto: AdMe

Kemeron Dias mashhur brodvey myuziklining filmga moslashuvida o‘qituvchi rolini ijro etgan. Ammo film “Oltin malina”dan boshqa hech narsaga sazovor bo‘lmadi. Tanqidchilar aktrisaning haddan tashqari harakat qilgani va uning personaji tom ma’noda asabiylik yoqasida bo‘lgan degan xulosaga kelishdi. Tomoshabinlar ham ularning fikriga qo‘shiladi, ular Miss Xannigan sifatida boshqa birovni ko‘rishni afzal ko‘rishadi: “Kameron Dias bu filmda juda yomon o‘ynagan. O‘shandan beri aktrisa filmlarda rol o‘ynamaydi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »