Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zida aktyor va aktrisalar shunday kostyum, grim va pariklardan foydalanadilarki, ularga rahmingiz keladi. Ekranda hamma narsa chiroyli ko‘rinsa-da, kadr ortida qiyin vaziyat bo‘lishi ham mumkin.

Emiliya Klark Deyeneris rolida

Foto: Filmdan kadr

Emiliya Klarkning qahramoni o‘zining unvoni, shuningdek, uzun malla sochlari bilan mashhur. Afsuski, bunday ajoyib rangga osonlik bilan erishilmagan. Emiliya tez-tez bo‘yash tufayli asl sochlaridan deyarli ayriladi. Ha, aktrisa parik kiygan, lekin haqiqiy sochlarini ham bo‘yagan. Natijada qiz sochini kalta qilib kestirishga majbur bo‘ladi.

Tom Starrij Morfey rolida

Foto: Filmdan kadr

Tom Starrij uchun “Qum odam” filmida suratga tushish oson bo‘lmagan. Serial avvalida sehrgar tomonidan ushlanib, shisha sharga qamaladi. Darhaqiqat, aktyor kiyimsiz holda sovuq polda o‘tirar, hamkasblari esa u bilan tanishishga ulgurmagan holda aylanib yurishardi. Bu juda noqulay edi.

Anjelina Joli Lara Kroft rolida

Foto: Filmdan kadr

Anjelina qahramonining kiyimidan mamnun emasdi — kostyum tor va juda qattiq bo‘lgan. Qizni kompyuter o‘yinidagi qahramonga o‘xshatish uchun Joli maxsus ko‘krak qoplamalarini kiyishi kerak edi.

Benedikt Kamberbetch Sherlok Xolms rolida

Foto: Filmdan kadr

Benedikt Kamberbetch tor korset kiyish azobini shu roli orqali his qilgan. Sherlokning liboslari o‘ziga yarashib turadi, biroq aktyorning aytishicha, beli juda tor tikilgan. Oqibatda Benedikt nafas olishga qiynaladi, ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.

Margo Robbi Xarli Kvinn rolida

Foto: Filmdan kadr

Muxlislar jasur Xarli Kvinn kostyumini yaxshi ko‘radilar. Ammo aktrisaning o‘zi uni yoqtirmasdi. Kostyum juda ochiq bo‘lgan, qizning ustiga suv quyilganda Margo Robbi o‘zini juda noqulay his qilgan.

Mishel Pfayffer Mushuk ayol rolida

Foto: Filmdan kadr

Mishel Pfayffer “Betman qaytmoqda” filmida mushuk ayol rolini o‘ynaydi. Mishel roli uchun qamchidan qanday foydalanishni o‘rganishi kerak edi, murabbiy unga bu borada yordam beradi. Ammo mashg‘ulotning birinchi kunida favqulodda vaziyat yuz beradi: aktrisa kuchini noto‘g‘ri hisoblab, murabbiyning yuziga qamchi tegib ketadi. Mishel o‘zini juda aybdor his qiladi. Ammo keyinroq Pfayffer mashg‘ulotlariga qaytadi va kerakli tryuklarni o‘rganib oladi.

Kit Xarington Jon Snou rolida

Foto: Filmdan kadr

Jon Snou bo‘ron bo‘lishiga qaramay, hech qachon bosh kiyim kiymagan. Balki, qahramonga sovuq ta’sir qilmagandir? Ammo kinoijodkorlar, shlyapa yoki qalpoq kiysa, qahramonning yuzi kadrda yomon ko‘rinadi, deb hisoblashgan. Bechora Kit Xaringtonning quloqlari muzlab qoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »