Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Atlantika alyansi vakili admiral Rob Bauer Rossiya bilan istalgan vaqtda mojaro kelib chiqishi mumkin, deb hisoblaydi. Vilnyusdagi sammitda NATO a’zolari minglab sahifadan iborat maxfiy harbiy rejani tasdiqlamoqchi.

Foto: AA

Sovuq urushdan beri birinchi marta NATO Rossiyadan ehtimoliy hujumlarni qaytarish rejasini tayyorlamoqda. 18-may kuni Reuters agentligining xabar berishicha, iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATOga a’zo davlatlar Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilik bo‘yicha minglab sahifali maxfiy rejalarni qabul qiladi.

So‘nggi o‘n yillar ichida birinchi marta bu rejalar Rossiya bilan ehtimoliy harbiy qarama-qarshilikni batafsil bayon qiladi. Agentlik tushuntirganidek, buning sababi — Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan so‘ng NATO anchadan beri alyans uchun “ekzistensial tahdid” hisoblanmagan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqdi.

“Urush istalgan vaqtda boshlanishi mumkin”

“Biz (Rossiya bilan) istalgan vaqtda mojaro kelib chiqishiga tayyor bo‘lishimiz kerak”, — deya NATOning oliy harbiy amaldorlaridan biri, admiral Rob Bauerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vilnyusdagi sammitda NATO a’zo davlatlarga o‘z Qurolli kuchlari va logistikasini qanday modernizatsiya qilish kerakligi haqida ham tavsiyalar beradi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘z navbatida “Ittifoqchilar qanday kuchlar va vositalar kerakligini, jumladan, qayerda, nimani va qanday joylashtirish kerakligini aniq bilib oladi”, dedi. Alyans vakillarining so‘zlariga ko‘ra, barcha rejalarni amalga oshirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi, biroq NATO, kerak bo‘lsa, darhol jangga kirishga tayyorlanadi.

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ta’kidlashicha, NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikka intilmayapti, balki “NATOning bir ittifoqchisiga hujum barchaga hujum demakdir” tamoyiliga amal qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »