Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan 500 tadan ortiq Telegram, YouTube, Facebook, Instagram, TikTok sahifalari, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxati eʼlon qilindi.  

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini (2023-yil 17-may holatiga ko‘ra) eʼlon qildi

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Qo‘mitaga ko‘ra, so‘ngi vaqtda ekstremistik va terroristik tashkilotlar mediamarkazlari tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari internet tarmoqlarida keng tarqatilmoqda. Xususan, o‘tgan davrlarda AQSHda 68 ta, Rossiyada 47 ta, Buyuk Britaniyada 78 ta, Turkiyada 15 ta ekstremistik va terroristik tashkilotlar faoliyati taqiqlangan.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

“O‘zbekistonda ham ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet saytlari, kanallar, profillarni aniqlash va ularni faoliyatiga chek qo‘yish yuzasidan masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan mexanizm asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur mexanizmga asosan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda internet tarmog‘idagi radikal diniy mazmundagi kontentlar aniqlanib, Oliy sud qarori bilan ular ekstremistik va terroristik materiallar deb topiladi. Ushbu tartibga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 60 ga yaqin qarori chiqarilib, ularga muvofiq 500 dan ortiq kontent radikal mazmunda deb topilgan hamda ularni O‘zbekiston hududida tayyorlash, tarqatish, saqlash, olib kirish va namoyish etish taqiqlangan”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Quyidagi g‘oyalar aks etgan materiallarni O‘zbekiston hududida tayyorlash va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

  • jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeyiga qarab yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga daʼvat qilish;
  • urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm va separatizm g‘oyalarini targ‘ib etish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
  • diniy eʼtiqodni o‘zgartirishga daʼvat qilish;
  • dindorlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
  • fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
  • davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash kabi g‘oyalar aks etgan materiallar.
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

“Kezi kelganda, sizlardan, shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi media mahsulotlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslikni so‘rab qolamiz”, — murojaat qilgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »