Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronda hukumatga qarshi kuz va qishda davom etgan namoyishlarning yana uch ishtirokchisi qatl etildi, deb xabar bermoqda Iran International.

Foto: Twitter

Majid Kozimiy, Said Yoqubiy va Solih Mirhoshimiy 2022-yil noyabrdagi namoyishlar chog‘ida uch nafar xavfsizlik xizmati xodimini – yarim harbiylashtirilgan “Basij” militsiyasining ikki a’zosi va bir politsiyachini o‘ldirishda aybdor deb topildi.

O‘lim hukmi 19-may, juma kuni ertalab ijro etildi. Qatldan ikki kun oldin mahkumlar qamoqxonadan xat yuborgan, unda ular hukumatni sud qarori ijrosiga ruxsat bermaslikka chaqirgan.

17-may kuni Amnesty International inson huquqlari tashkiloti namoyishchilar ustidan sud jarayonini tanqid qilib chiqdi. Majid Kozimiy qiynoqlar ostida unga tuhmat qilishganini aytgandi.

Yana bir mahkum Solih Mirhoshimiyning otasi o‘g‘lining qatl etilishi oldidan uning himoyasi uchun plakat ko‘targan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Plakatda “Mening o‘g‘lim aybsiz, unda qurol yo‘q edi” degan yozuv bor.

Shunday qilib, 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan so‘ng mamlakatda boshlangan namoyishlarda qatnashib, qatl etilganlar soni yetti kishiga yetdi.

Iran Human Rights (Eron Inson huquqlari) va Together Against the Death Penalty (Birgalikda o‘lim jazosiga qarshi) tashkilotlari ma’lumotlariga ko‘ra, Eron hukumati 2022-yilda 582 kishini qatl qilgan, bu 2021-yilga nisbatan 333 nafarga ko‘p. Shu bilan birga, huquq himoyachilari ta’kidlaganidek, 511 kishining qatli haqida ommaga e’lon qilinmagan, Eron rasmiylari tomonidan faqat 71 nafar o‘lim jazosi haqida rasman xabar berilgan. Huquq faollari, shuningdek, kamida 16 nafar ayol va uch nafar voyaga yetmagan bola qatl etilgani haqida xabar bermoqda. 

Sentabr oyi o‘rtalarida Eronda hijobini “noto‘g‘ri” o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limi sabab ommaviy norozilik namoyishlari boshlangandi. Namoyishchilar uning o‘limida politsiyani ayblamoqda. Eronda ikki oylik norozilik namoyishlarida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 15 mingga yaqin kishi hibsga olindi.

O‘lim jazosi yana ikki jurnalist — Nilufar Hamidiy va Eloy Muhammadiyga tahdid solmoqda, ular Aminiyning o‘limi haqida birinchi bo‘lib yozgan. Eron hukumati ularni davlatga xiyonatda va AQSH razvedka idoralari uchun ishlaganlikda ayblagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »