Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xizmat ko‘rsatish sifatini tanqid qildi.

Skrin: Facebook / @varlamov

Blogerning ta’kidlashicha, u Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi poyezdning lyuks vagoniga 100 dollarga bilet xarid qilgan.

“Tezyurar poyezdda bilet qolmagani sababli oddiy poyezdning lyuks vagonidan joy oldim. Lekin O‘zbekistonda vagonlarning bir-biridan farqi yo‘q, shekilli”, — deb izoh qoldirgan bloger.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 18-fevral kuni yo‘lovchi poyezdining Samarqand—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan rossiyalik sayyoh o‘zining kupesida mavjud kamchiliklar haqida videolavha tayyorlagan.

Mazkur holat yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazilgan. Ko‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan ushbu sanada xizmat vazifasini olib borgan vagon kuzatuvchilari va poyezd boshlig‘iga qat’iy intizomiy jazo qo‘llangan, yo‘lovchi poyezdlarda servis va xizmat ko‘rsatish qoidalari haqida qayta ko‘rsatmalar berib o‘tilgan.

Shunigdek, videolavhada aytib o‘tilgan yo‘nalishning chipta narxi 100 dollardan oshiqligi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, sayyoh mazkur yo‘nalish uchun chiptani Rossiya Federatsiyasining “RJD” saytidan elektron tarzda 4213,9 rublga rasmiylashtirgan. 

Mazkur vagon lyuks toifasida bo‘lib, 4 ta kupedan iborat va faqat 8 ta yo‘lovchi uchun xizmat ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalish chipta narxi 385 980 so‘m hisoblanadi. Hurmatli yo‘lovchilar, o‘z tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga ishonmasligingizni so‘raymiz", — deyiladi rasmiy munosabatda.

Izoh

Azizbek Eshov

20.05.2023, 21:11

Хакикатдан хам вагонлар жуда расво кеча тошкентдан купеда Бухорога келдим оддий зарядчик йук телфонга 50 йил олдинги сервис янгиланиш йук раматов тизимни расво килган

Jamoliddin Abduqahhorov

20.05.2023, 20:34

Uyat, Uyat, Uyat.. Õzini oqlashlik Uyat, Blogerga ham maslahatim hamma narsani Õzbeklarga, Õzbekchilikka, Õzbekcha urf-odatga boğlayvermasdan, Õzbekistonda, Õzbekistonliklarda deb gapir, chunki Õzbekiston kõp millat va elation iborat xalqlardan iborat.

Ismoil

20.05.2023, 20:04

Assalom alaykum. Bu yerda chipta demayapti. Vagonni gapiryaptiku, narx haqida gap ketganda

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »