Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kimlarning farzandlari ota-onalarining boy merosini asrab-avaylay olmagani haqida ma’lumot beramiz.

Guchchi oilasi

Aldo Guchchi qizi Patrisiya Guchchi bilan
Foto: Getty Images

Italiyaning eng yirik moda brendlaridan biri bo‘lgan Gucci oilaviy biznesi 1953-yilda asoschisi Guchchio Guchchi vafotidan keyin muammoga duch keldi. Merosxo‘rlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar mulkni taqsimlash va sud jarayoni bilan bog‘liq. Aksiyalarning yarmidan ko‘pi to‘ng‘ich o‘g‘li Aldoga tegishli bo‘lib, uning oilasi keyinchalik ofshordagi firibgarlik tuzog‘iga tushib qoladi. Oxir-oqibat merosxo‘r qamaladi.

O‘tgan asrning 80-yillarida moda merosxo‘ri Mauritsio bu lavozimni egallaganida, oilaviy biznes moliyaviy va operatsion qiyinchiliklarga duch keladi. Shunday qilib, Gucci klanining har bir a'zosi korxonada yaxshiroq o‘rin egallashga harakat qiladi. Kompaniyada aniq rivojlanish va boshqaruv strategiyasi yo‘q edi, oxir-oqibat, o‘sha paytda turli banklardan 40 million dollarga yaqin qarzdor bo‘lgan Mauritsio o‘z ulushini sotadi. O‘shandan beri Guchchi oilasidan hech kim ota-bobolari 1921-yilda asos solgan mashhur moda uyini boshqarish huquqiga ega emas.

Xantington Xartford II

Foto: Getty Images

Xantington Xartford II, A&P chakana supermarketlar tarmog‘i asoschisining o‘g‘li badavlat oilada o‘sgan, bu unga boshqalarning e'tiborini jalb qilish imkonini berdi – hamma uning barcha injiqliklarini ko‘tarishga majbur edi. 1940 yilga kelib Xartford oilasi Amerikadagi eng boy va muvaffaqiyatli oilalardan biri hisoblanardi.

Bola 11 yoshida otasi vafot etadi. Nyu-York Times gazetasiga ko‘ra, u 1,3 milliard dollarlik boylik egasiga aylanadi. Garvardda o‘qiganidan so‘ng, u isrofgar menejer sifatida taniladi: qancha puli foyda keltirmaydigan loyihalarda yo‘q bo‘lib ketadi. Shu bilan birga, biznes merosxo‘rining shaxsiy hayoti ham yaxshi kechmaydi: uning barcha nikohlari qimmat ajralishlar bilan yakunlanadi. Oxir-oqibat u 1992-yilda bankrotlik to‘g‘risida ariza beradi va Bagama orollariga ko‘chib o‘tadi. Bu yerda yana 16 yil yashagan tadbirkor 2008-yilda 97 yoshida vafot etadi.

Tori Spelling

Foto: Getty Images

Tori Spelling — “Beverli-Xillz 90210” sitkomidagi roli bilan tanilgan amerikalik aktrisa. Aytgancha, serialni uning otasi, mediamagnat Aaron Spelling suratga olgan. Qiz otasidan katta kapitalni meros qilib oldi — bu o‘z jamg‘armalarini ko‘paytirish uchun asos bo‘lishi mumkin edi, ammo aktrisa o‘ylangan tejamkorlikdan ko‘ra moliyaviy rejalarsiz dabdabali hayotni afzal ko‘rdi.

Otasining o‘limidan keyin Tori 500 million dollarga baholangan boylikning bir qismini olishga umid qilgan. Muammo shunda eki, u yagona merosxo‘r emasdi. Janjal sabab qizi bilan gaplashmay yurgan onasi Kendi Spelling qonunga ko‘ra, o‘z boyligini o‘zi tasarruf qilib, qizi va o‘g‘lining har biriga atigi 800 ming dollar bergan.

Ammo qizi pullarni to‘g‘ri sarflay olmaydi: olingan barcha meros tezda bir lahzalik istaklarga ishlatiladi. 2016-yilda Kendi Spelling qizining xarajatlari va uy-joyi uchun pul to‘lashga majbur bo‘lganini e'lon qildi va bu oilaning moliyaviy ahvolini sezilarli darajada yomonlashtirdi.

Kichik Klint Merchison

Foto: Getty Images

Kichik Klint Merchison Texasdagi taniqli neft magnati va siyosatchi katta Klint Merchisonning o‘g‘li. U 1969-yilda otasi, neft magnati katta Merchison vafotidan keyin 200 million dollarlik boylikni meros qilib oladi.

U turli sohalarga — ko‘chmas mulkdan tortib energetika sohasiga sarmoya kiritishga harakat qiladi, lekin barcha sarmoyalari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Uning loyihalaridan faqat bittasiga omad kulib boqadi — 1960-yilda u “Dallas Kovboys” futbol klubiga asos soladi (muvaffaqiyat sababi, aftidan, kichik Merchisonning futbolga bo‘lgan muhabbati edi). Qolgan mablag‘lar shamolga sovuriladi. Natijada oilaviy tadbirkorlik boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.

1980-yillarda, neft narxi qulashi sodir bo‘lganida, Klint katta qarzga botadi. Qarzdan xalos bo‘lishning yagona yo‘li bankrotlik e'lon qilish edi. 1987-yilda u cho‘ntagida bir sent ham bo‘lmagan holda nogironlar aravachasida vafot etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »