Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning eng boy ayoli yorqin ko‘rinish, ajoyib uslub va nozik didga ega ekanligi bilan ham tanilgan.

Foto: Marie Claire

Juliya Kox 2019-yil avgust oyida turmush o‘rtog‘i, milliarder sanoatchi Devid Kox vafot etganidan so‘ng dunyodagi eng badavlat ayollardan biriga aylandi. Juliya uchta farzandi bilan birgalikda Koch Industries kompaniyasining 42 foiz ulushini meros qilib oldi. 2022-yil mart oyi holatiga ko‘ra, Bloomberg Juliya va oilasi boyligini 58,4 milliard dollarga baholagan. Boshqa tomondan, Forbes ularning boyligini undan ham yuqori — 61,9 milliard dollarga baholadi.

Foto: Marie Claire

Uning bank hisobidagi pullari miqdoridan qat’i nazar, bu milliarder sotsialist va xayriyachi nafaqat saxiyligi, balki ajoyib ko‘rinishi va uslubi bilan ham tanilgan.

Juliya Margaret Flesher 1962-yilda AQSHning Ayova shtatida mebel do‘koniga egalik qiluvchi Margaret va Frederik Flesher oilasida tug‘ilgan. U 8 yoshida oilasi bilan Arkanzasga ko‘chib o‘tadi, bu yerda ota-onasi kiyim-kechak do‘koni ochadi. Keyinchalik Juliya ham moda sanoatida ishlashga qaror qiladi. Markaziy Arkanzas universitetini tugatgandan so‘ng, qiz Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi. U Adolfo modalar uyiga modelyer bo‘lib ishga kiradi va bu yerga ko‘plab nufuzli mijozlar, jumladan AQSHning sobiq birinchi xonimi Nensi Reygan ham kelib turgan.

Foto: Marie Claire

27 yoshli Juliya bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 1991-yilda tanishgan. Devid o‘sha paytda 50 yoshda edi. Er-xotin darhol til topisha olishmagan. “Men bu odam bilan uchrashganimdan xursandman, chunki endi men u bilan hech qachon uchrashishni xohlamasligimni bilaman”, — degan Juliya o‘sha paytda. Biroq o‘sha yilning oxirida u yana Devid bilan bir ziyofatda to‘qnash keladi. Bu orada Kox aviahalokatga uchrab undan omon qolgandi. Besh yillik tanishuvdan so‘ng, er-xotin 1996-yilda Kochning Sautgemptondagi uyida nikohdan o‘tishadi.

Er-xotinning uchta farzandi bor: Dyukda o‘qiydigan kichik Devid, Garvardda tahsil olayotgan Meri Juliya va Manxettendagi tayyorgarlik maktabi o‘quvchisi Jon Mark.

Foto: Marie Claire

Devidga turmushga chiqqandan so‘ng, Juliya Nyu-York ijtimoiy sahnasida o‘z o‘rnini topadi, Amerika balet teatri va Amerika tabiiy tarix muzeyi xayriya tashkilotlarini boshqaradi. U Nyu-York jamiyatida 1997-yilda Anna Vintur va Patrik Makkarti bilan birgalikda Met Gala hamraisi sifatida debyut qiladi.

Juliya hozirda Devid X. Koch jamg‘armasining prezidenti bo‘lib ishlaydi, u turli maqsadlarga, jumladan, tibbiy tadqiqotlar, ta’lim va san’atga 200 million dollardan ortiq xayriya qilgan. U marhum turmush o‘rtog‘i bilan Linkoln markazi va Metropolitan san’at muzeyi kabi taniqli muassasalarga ham katta xayriyalar qilib, doimiy ravishda birga qatnashishgan.

Foto: Marie Claire

Juliya va Devid bir vaqtlar AQSHning sobiq birinchi xonimi Jaklin Kennedi Onassisga tegishli bo‘lgan Beshinchi avenyudagi kvartirada yashashgan. Times’ning yozishicha, ular uyni 1995-yilda 9,5 million dollarga sotib olishgan. 2004-yilda esa er-xotin o‘zlarining asosiy qarorgohlaridan Park Avenue 740 manzilidagi katta 18 xonali dupleksga ko‘chib o‘tishadi. Ammo Juliya 2022 yilda Manxettendagi hashamatli kvartirani sotuvga qo‘yadi, chunki u bu yerga kamdan kam kelgan. Kox xonim vaqtini ko‘proq Gemptonsda okean bo‘yidagi qasrida, Florida shtatida Palm-Bichdagi 30 000 kvadrat metrlik saroyida va Kolorado shtatining Aspen shahridagi hashamatli uyida o‘tkazadi.

Foto: Marie Claire

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »