Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shveysariyaning Jeneva shahrida Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi bo'lib o'tmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Ushbu tadbirdagi ishtiroki doirasida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Ajar Giniyat bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, keyingi yillarda tibbiyot sohasi bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda. Ayni paytda tomonlar tibbiyot tizimini raqamlashtirish, tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish kabi qator yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik kelib kelmoqda. 

Bundan tashqari, har yili ikki davlat tibbiyot sohasidagi oliy o‘quv yurtlari shifokorlari va talabalari uchun bir qator dasturlar amalga oshirib kelinyapti. Tajriba almashinuvlari, mahorat darslari tashkil etilmoqda. Bu galgi muloqotda asosiy e’tibor Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, jumladan, uning Yevropa mintaqaviy byurosi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollariga qaratildi.

Ta’kidlanishicha, tashkilot tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2022-2025-yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida salomatlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” mintaqada sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan. 

Xususan, mazkur hujjat Markaziy Osiyoda iqlim inqirozi, COVID-19 pandemiyasi asoratlari hamda sog‘liqni tizimi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, onalar va bolalar salomatligi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, noinfeksion kasalliklarning oldini olishga doir qator muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgani bilan ahamiyatli hisoblanadi. 

Uchrashuvda ushbu “yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini jadallashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminar va ko‘rgazmalar tashkil etishga kelishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »