Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan dasturlar joriy etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1–4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5–9-sinflarda tayanch hamda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan dastur va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi.

O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi va uning doirasida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni amaliyotda qo‘llay bilish, tanqidiy fikrlash va berilgan materialni tahlil qila olish kabi ko‘nikmalari baholanadi. 

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilariga 1-sinfdan boshlab kompyuter savodxonligi o‘rgatiladi, yuqori sinflarda esa ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi. Barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »