Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tomoshabinlar film yoki serialni birinchi marta tomosha qilganda, ijodkorlar berib ketgan ishoralarni payqashmaydi ham. Ba’zida rejissorlar deyarli sezilmaydigan detallarga alohida ma’no berishadiki, ularni yuzinchi marta ham o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Ammo bunday detallar sujetni ochishda katta rol o‘ynashi mumkin.

Taqinchoq (“Ajdaho uyi” seriali)

Foto: AdMe

Ziyrak muxlislar yosh Reynira Targeryenning otasi uni temir taxt vorisi deb e'lon qilganida taqib olgan bezagidagi ishorani darhol ko‘rishgan. Muxlislar taqinchoqda Vesterosning barcha uylarining ramzlari borligini payqashdi.

Kafe devoridagi bezaklar (“Uenzdey” seriali)

Foto: AdMe

Tayler ishlaydigan kafeda devor turli obyektlar va hatto belgilar ko‘rinishidagi gulqog‘ozlar bilan bezatilgan. Ulardan ba’zilari serial rejissori Tim Bertonning boshqa filmlariga ham ishora qiladi.

Misol uchun, devorda “Charli va shokolad fabrikasi” filmidagi Villi Vonkaning shlyapasi aniq ko‘rinadi. Shuningdek, “Edvard-qaychiqo‘l”, “Suinni Todd” va “Uyqu jarligi” haqida ham ishoralar mavjud.

Dambldorning ofisidagi dekor (“Garri Potter va alanga kubogi”)

Foto: AdMe

Film franshizasining so‘nggi ikki qismida ko‘p tilga olinadigan O‘lim tuhfasi aslida tomoshabinlar ko‘z oldida ancha oldin paydo bo‘ladi. To‘rtinchi filmda Xogvarts direktori kabinetidagi shkafda o‘lim tuhfasining ramziga o‘xshash uch o‘lchamli modelni ko‘rish mumkin.

Qo‘g‘irchoq (“Shazam! Xudolar g‘azabi”)

Foto: AdMe

Bir epizodda javon tokchasida yotgan qo‘g‘irchoqni ko‘rishingiz mumkin. Bu “Shazam” direktori Devid Sandberg tomonidan avvalroq suratga olingan “Annabell” filmiga ishora.

Shlyapa (“Karib dengizi qaroqchilari: murdalar sandig‘i”)

Foto: AdMe

Jek chittak o‘z hamrohlari bilan Tia Dalmaga kelganida, kapitan uning uyini ko‘zdan kechiradi. Bir payt u o‘ziga tanish bo‘lgan shlyapaga e’tibor beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bosh kiyim Ektor Barbossaga tegishli ekan. Bu uning tirik qolgani va haliroq kadrda paydo bo‘lishiga ishora beradi.

Afsun (“Garri Potter va alanga kubogi”)

Foto: AdMe

Labirintdagi sinov paytida Sedrik Diggori Viktor Kramga qarshi “ekspelliarmus” afsunidan foydalanadi. Shunday qilib, qahramon raqibini sehrli tayoqchadan mahrum qiladi, ammo unga yomonlik qilmaydi.

Bunday harakat Sedrikning xarakterini ochib beradi: u boshqa odamlarga buyuk maqsad yo‘lida ham zarar yetkazolmaydi. Bu Diggorini Garri Potterga yaqinlashtiradi, u ham har doim faqat o‘zini himoya qiladi, lekin bunga javoban yomonlik qilmaydi, shuning uchun u tez-tez xuddi shu afsunga murojaat qiladi.

Mushuk kiyimi (“Uenzdey” teleseriali)

Foto: AdMe

Uenzdeyning maktab musobaqasida kiygan libosi Tim Bertonning birdaniga ikkita filmiga ishora qiladi.

Birinchidan, bu kiyim “Betman qaytmoqda” filmidagi mushuk ayolning kombinezonini eslatadi. Buni faqat mushuk quloqlari ko‘rinishidagi obodokda emas, balki yengda tasvirlangan hayvonning tumshug‘ida ham ko‘rish mumkin. Ikkinchidan, kiyim dizayni asosan “Edvard-qaychiqo‘l” filmi bosh qahramoni Edvardning kostyumiga asoslangan.

Bayroq (“Karib dengizi qaroqchilari: dunyolar chegarasida”)

Foto: AdMe

Film oxirida kapitan Jek chittak yana kemasiz qoladi va navbatdagi sayohatga qayiqda otlanadi. U ustunga ilgan bayroqda nafaqat qaroqchi ramzi, balki chittak ham tasvirlangan. Shu yo‘l bilan Jek yaqinlashib kelayotgan kemalarga darhol o‘zini tanitadi.

Popkorn qutilari (“Uenzdey” teleseriali)

Foto: AdMe

Tayler va Uenzdey “Qonundagi mallasoch” filmini tomosha qilishayotganda, ularning yonida qora va oq chiziqlar chizilgan popkorn qutilari bo‘ladi. Bu Tim Bertonning “Bitljuz” filmidagi qahramon kostyumiga ishora.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »