Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida “Tolibon” ikki nafar ayol o‘qituvchilarni kaltakladi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Illyustrativ foto: CBS

Ma’lum qilinishicha, ayollar “Tolibon” harakatining ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchisi Habibulla Og‘ozni kutib olgani uchun jazolangan. Dorul Ulum Ettefaq tashkilotiga aloqador ayol o‘qituvchilar 22-may, dushanba kuni kaltaklangan.

Hodisadan keyin “Tolibon” ikki o‘qituvchini o‘zi bilan Bomiyondagi xavfsizlik qo‘mondonligiga olib ketgan. Mahalliy “Tolibon” rasmiylari voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan qo‘llangan taqiqlar

Bungacha afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan. Shuningdek, Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi va ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »