Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on g‘alaba qozonsa, asosiy vazifalardan biri yangi konstitutsiyani ishlab chiqish bo‘ladi. Bu haqda Erdo‘g‘on TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: CNN

“Eng katta istagimiz — milliy irodamizni hisobga olgan holda mamlakatimizni yangi konstitutsiya sari yetaklash. Bu yangi davrdagi eng katta tashabbuslarimizdan biri bo‘ladi. Biz demokratiyani davlat to‘ntarish davri mahsuli bo‘lgan konstitutsiyadan qutqarmoqchimiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

Uning aniqlik kiritishicha, bu masala avvalo o‘zining partiyasi ittifoqi doirasida baholanadi (Erdo‘g‘on Adolat va taraqqiyot partiyasini boshqaradi, prezidentlik uchun o‘ng qanot “Respublikachilar alyansi”dan nomzodini qo‘ymoqda), keyin esa boshqa partiyalar bilan muloqot o‘tkaziladi.

14-may kuni Turkiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Erdo‘g‘on 49,24 foiz ovoz oldi. Uning asosiy raqibi Kemal Qilichdaro‘g‘li 45,07 foiz ovoz to‘pladi. Har ikki nomzod 28-may kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Saylovda hammasi bo‘lib to‘rt nomzod bor edi.

Birinchi turda 5 foiz ovoz olgan Ata partiyasi vakili Sinan Og‘an ikkinchi turda amaldagi yetakchini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Erdo‘g‘on uning bayonotiga izoh berar ekan, u bilan Og‘an o‘rtasida “mutlaqo savdolashish” bo‘lmaganiga ishontirdi. Og‘anning vitse-prezident yoki vazirlikda da’vosi bormi degan savolga javoban Erdo‘g‘on bunday so‘rov yo‘qligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »