Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nikoh rishtalarini shou-biznes vakillari — aktrisa va modelyerlar bilan bog‘lagan qirollik oilasi a’zolari haqida ma’lumot beramiz.

Sofiya Hellkvist va shahzoda Karl Filipp

Foto: Legion Media

Sofiya Xellkvist Shvetsiya shahzodasi Karl Filipp bilan uchrashgunga qadar Paradise Hotel realiti-shousida mashhur model va aktrisa edi. Qiz qirollik oilasi a’zosi bilan restoranda tanishadi, ularni o‘zaro tanishlari bir-birlari bilan tanishtirib qo‘yadi. Bir necha yil o‘tgach, juftlik nikohdan o‘tadi, hozirda ularning uchta farzandi bor. Sobiq modelning so‘zlariga ko‘ra, erining oilasi uni iliq kutib olgan va hech qachon o‘zini ortiqcha his qilishiga yo‘l qo‘yishmaydi.

Oliviya Uayld va Tao Raspoli

Foto: Legion Media

“Doktor Xaus” yulduzi italiyalik aristokrat va rejissor Tao Raspoliga turmushga chiqqan. Tao Italiya shahzodasi Alessandro Raspolining o‘g‘li. Juftlik tanishganlaridan olti oy o‘tgach, Oliviya 18 yoshga to‘lganida nikohdan o‘tishadi. Uayld malika unvonini oladi, ammo bu ularning hayotiga hech qanday ta’sir qilmaganini ta’kidlaydi.

Afsuski, ularning nikohi 2011-yilda buziladi. Mish-mishlarga ko‘ra, sabablardan biri Uayldning yoshligida farzand ko‘rishni istamagani bo‘lgan.

Greys Kelli va shahzoda Renye III

Foto: Legion Media

Gollivudning eng go‘zal aktrisalaridan biri va Yevropa knyazligining ulug‘vor hukmdori Kann kinofestivalida tanishadi. Greysning so‘zlariga ko‘ra, ular bir-birlarini  darhol sevib qolishadi.

Biroq hammasi osonlikcha bo‘lmaydi: Kelli yorqin karyera va boyligidan voz kechishi kerak edi. Bundan tashqari, monarxning qonuniy xotini bo‘lish uchun aktrisa Monako g‘aznasiga 2 million dollar to‘lagan.

Jessika Chesteyn va Jan Luka Passi di Preposulo

Foto: Legion Media

Gollivud aktrisasining eri — qadimgi italyan aristokratik oilasining a’zosi. Uning otasi graf unvoniga ega, uni Jan Luka meros qilib oladi (va Jessika grafinyaga aylanadi). Biroq er-xotin zodagonlikning hech qanday imtiyozlaridan foydalanmasdan, odatiy hayot kechiradi.

Sofi Uinklman va Frederik Vindzor

Foto: Legion Media

Ba’zi sabablarga ko‘ra, Megan va Garrining nikohini muhokama qilganda, ko‘p odamlar uzoq vaqt davomida qirollik oilasida yana bir aktrisa borligini unutishadi. Sofi 2009-yilda Kent shahzodasi Mayklning o‘g‘liga turmushga chiqadi.

Frederik Britaniya taxtidan uzoqda bo‘lganligi sababli hech kim qizga Los-Anjelesda faoliyatini davom ettirishni taqiqlamaydi. Qizig‘i shundaki, Sofining so‘zlariga ko‘ra, uning amerikalik hamkasblari ko‘pincha uni Britaniya qirollik oilasi a’zosi ekanligini bilishmagan (aktrisa suratga olish maydonchasida qizlik familiyasidan foydalangan).

Jeymi Li Kertis va Kristofer Gest

Foto: Legion Media

Aktrisa 1984-yilda ingliz aristokratiga turmushga chiqqan. 1996-yilda Kristofer baron Xeyden-Gest unvonini meros qilib oldi va Jeymi baronessaga aylandi. Biroq bu unvonlar ularning hayotiga hech qanday ta’sir qilmaydi — ikkalasi ham ijod bilan band (Kristofer ham aktyor va ssenariy muallifi) va AQSHda yashaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »