Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQSHdan tovon puli talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Medvedevga ko‘ra, tovon puli Rossiyaga Artemovsk (Baxmut), Mariupol va boshqa bir qator joylar vayron qilingani uchun berilishi kerak. Jurnalist suhbat chog‘ida Medvedevga AQSH “Shimoliy oqim” gaz quvuri portlatilgani uchun Rossiyaga yetkazilgan zararni qoplashi kerakmi, degan savol berilgan.

“Nafaqat bu zarar, balki mablag‘larni qaytarsin yoki hech bo‘lmaganda Artemovsk (Baxmut), Mariupol va ularning yordami va ko‘magida vayron bo‘lgan bir qator boshqa joylarni tiklash uchun mablag‘ ajratsin”, — deb javob berdi Medvedev.

Shuningdek, Rossiya sobiq prezidenti AQSHning Ukrainadagi konfliktdan maqsadi nimaligini aytdi

“Rossiyani yo‘q qilish. Hech bo‘lmaganda, cheklash, ushlab turish. Ular Xitoyga nisbatan ham shunday qilishmoqda. Lekin yakuniy maqsad Rossiyani mamlakat sifatida yo‘q qilishdan iborat”, — dedi u

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »