Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

22-may kuni Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov “Ukraina Qurolli kuchlarining qo‘poruvchilik va razvedka guruhi” Grayvoron shahar okrugi hududiga bostirib kirganini ma’lum qildi. Viloyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “dushmanni yo‘q qilish” uchun Rossiya Qurolli kuchlari chegara xizmati, Milliy gvardiya va Federal xavfsizlik xizmati harbiylari hududga tashlangan.

Foto: Getty Images

Grayvoron okrugidagi aholi punktlarining o‘qqa tutilish chog‘ida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni sakkiz nafar mahalliy aholi jarohatlangan. Oqibatda, Gladkov “fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun” mintaqada “Aksilterror operatsiyasi” (ATO) rejimi joriy etilayotganini e’lon qildi.

“Aksilterror operatsiyasi” rejimi nimani anglatadi?

Rossiyada “Terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi federal qonunga ko‘ra, ATO rejimini joriy etish to‘g‘risida qaror FXX rahbari Aleksandr Bortnikov yoki uning topshirig‘iga binoan maxsus xizmatlarning boshqa xodimi tomonidan qabul qilinadi. Hozir bu boradagi qaror, rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Belgorod viloyati bo‘yicha rahbari Aleksandr Kulagin tomonidan qabul qilingan. U operatsiyaga rahbarlik qiladi va tezkor shtab yordamida uning borishini nazorat qiladi.

Ushbu rejim hokimiyatga keng huquqlar beradi:

  • fuqarolarning hujjatlarni tekshirishi mumkin bo‘ladi. Agar fuqaroda hech qanday hujjat bo‘lmasa, shaxsni aniqlash uchun uni politsiyaga olib ketishlari mumkin. ATO zonasiga kirish va chiqishda odamlarni tintishga ruxsat beriladi;
  • zarur bo‘lsa, xavfsizlik kuchlari o‘z xohishi bilan “jismoniy shaxslarni muayyan uchastka va obyektlardan chiqarib yuborishi, shuningdek, avtomashinalarni olib qo‘yishi mumkin”;
  • maxsus xizmatlar telefon suhbatlarini tinglash va internetdagi istalgan yozishmalarni o‘qish huquqiga ega bo‘ladi;
  • rasmiylar har qanday tashkilot va odamlarga tegishli avtomashinalardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, birovning mulkidan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar keyinchalik qoplanishi kerak;
  • portlovchi, radioaktiv, kimyoviy va biologik xavfli moddalardan foydalanadigan ishlab chiqarish obyektlari vaqtincha yopilishi mumkin;
  • viloyat hududida har qanday aloqa — telefon va internet o‘chirib qo‘yilishi mumkin;
  • agar kerak bo‘lsa, jismoniy shaxslar “xavfsiz hududlar”ga ko‘chirilishi mumkin. Hokimiyatdan evakuatsiya qilinayotganlarni vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlash talab qilinadi. Viloyat hokimining da’vo qilishicha, Grayvoron shahar tumani “aholisining aksariyati” allaqachon hududni tark etgan;
  • ATO hududining istalgan qismida odamlar va mashinalar harakati cheklanishi mumkin;
  • “Terrorizmga qarshi kurash” maxsus xizmatlari xodimlari sud qarorisiz istalgan binoga bostirib kirishlari mumkin;
  • spirtli ichimliklarni sotish cheklanishi mumkin.

Ushbu cheklovlarning istalgan qismi Belgorod viloyatining butun hududida ham, uning alohida qismida ham o‘rnatilishi mumkin. Belgorod viloyatida ATO rejimini tugatish to‘g‘risidagi qarorni xuddi shu mahalliy FXX boshlig‘i Aleksandr Kulagin qabul qilishi kerak. Buning uchun mutasaddi idoralar qonunga ko‘ra, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga tahdidni bartaraf etishi kerak.

Rossiyada bunday rejim tez-tez qo‘llanadimi? Ilgari u faqat Kavkazda joriy qilinganmi?

ATO rejimi vaqti-vaqti bilan Rossiyaning turli mintaqalarida joriy etiladi. Xususan, Chechenistonda u 1999-yil sentabr oyida Boris Yeltsin tomonidan tashkil etilgan va deyarli o‘n yildan so‘ng — 2009-yil 16-aprelda Dmitriy Medvedev (o‘sha paytda u mamlakat prezidenti edi) tomonidan bekor qilingan.

Shuningdek, ATO rejimi Dog‘iston, Ingushetiya va Kabardino-Balkariyaning ayrim hududlarida muntazam ravishda qo‘llaniladi. Urush boshlanganidan keyin, 2023-yil 8-fevralda Stavropol o‘lkasidagi Petrovskiy fermasida ATO rejimi joriy etildi. O‘shanda FXX “qurolli banditlar aholi punkti hududida yashirinib, temiryo‘l vokzallaridan birida terakt uyushtirishni rejalashtirganini” ma’lum qildi. Razvedka xizmatiga ko‘ra, ularning barchasi topilgan va o‘ldirilgan. Ertasi kuni ATO rejimi bekor qilindi.

Ammo bu rejim faqat Kavkaz bilan cheklanmagan. 2020-yilda ATO Yekaterinburgning Chkalovskiy tumani va Aramil shahar tumanida joriy etildi. O‘shanda FXX maxsus operatsiya joyida xavfsizlik kuchlari teraktni rejalashtirgan uch nafar jinoyatchini yo‘q qilgani haqida xabar berdi. Shahardagi ATO rejimi voqeadan bir kun o‘tmasdan bekor qilindi.

Ukrainaning bosib olingan hududlarida qanday rejim ishlaydi? “Aksilterror operatsiyasimi”?

Yo‘q. 2022-yil 19-oktabrda Vladimir Putin Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Harbiy holat ham Rossiya hukumatiga qator imkoniyatlarni beradi — odamlarning mol-mulkini tortib olish va ularni “mudofaa ehtiyojlari uchun” majburiy ishlarga jalb qilish, odamlarning hududdan chiqib ketishini taqiqlash, har qanday shaklda harakatlanish erkinligini cheklash va har qanday fuqaroni 30 kungacha hibsga olish kabi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »