Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand shahrida 16-may kuni maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi mashina 52 yoshli fuqaroni urib yubordi. Viloyat YHXB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Samarqand viloyati YHXB axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 21:30 da 2007-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi otasining mashinasini haydab chiqib, avtomobil yo‘lida 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, transport hodisasi sodir etgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »