Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 36 yoshli Sh.N. ijtimoiy tarmoqlar orqali diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari g‘oyalari taʼsiriga tushib, internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari aʼzolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan hamda ularning taʼsirida 2016-yilda Suriya hududiga o‘tgan. U yerda xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida Sh.N. xorijiy davlatlarning birida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ekstraditsiya holatlari

2023-yilning mart o‘rtalarida Latviyada o‘zini elchixona xodimi sifatida tanishtirib, odamlarni chuv tushirib yurgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mart oxirlarida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.

Aprel boshida Moskva shahrida 13 yil oldin O‘zbekistonda sodir etgan jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. Oy o‘rtalarida bo‘lsa, Qirg‘izistonda terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlanib, ikki o‘zbekistonlik hibsga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »