Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi tomonidan 15–22-may kunlari boshlang‘ich qiymati 500 million so‘mlik tender o‘tkazilgan. “Daryo” muxbiri hujjatlarni monitoring qilish davomida shubhali holatga duch keldi.

Skrin: “etender.uzex.uz”

Tender shifoxonaning terapiya bo‘limini ta’mirlash uchun qurilish mollari xarid qilish yuzasidan bo‘lib o‘tgan. G‘olib korxona 10 kun ichida buyurtmachiga 29 turdagi mahsulotni yetkazib berishi kerak.

Skrin: Xarid loti bayonnomasi

Lotni yutib olish uchun ikkita korxona raqobatlashgan. Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, Accountancy and Economic Services MChJ 85 ball bilan tender g‘olibi deb topilgan, “Gozal Binokent” MChJ esa 50 ball bilan zaxira yetkazib beruvchi etib belgilangan.

Skrin: Statistika agentligi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, g‘olib tadbirkorlik subyekti — Accountancy and Economic Services’ning rahbari Egamqulov Bobirjon Olimboy o‘g‘li hisoblanadi. 

Skrin: Xarid loti bayonnomasi

E’tiborlisi, tender ishtirokchilarining natijalarini baholagan komissiya a’zolari ichida Umirov Olimboy Egamqulovich ismli shaxs bor.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra, ishtirokchining yaqin qarindoshlari ijrochini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lsa, ishtirokchining davlat xaridlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xo‘sh, Umirov Olimboy Egamqulovich va Egamqulov Bobirjon Olimboyevich ota va o‘g‘il hisoblanadimi? Ota o‘z o‘g‘liga tenderni yutishda yordam berdimi?

Shu savollarga izoh olish maqsadida Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi hamda g‘olib korxona bilan bog‘lanishga urindik. Shifoxona telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinganda go‘shak ko‘tarilmadi. Accountancy and Economic Services MChJ aloqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinganda keltirilgan raqam tarmoqda mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Yana bir qiziq tomoni shundaki, komissiya a’zolari ichida shifoxonaning bosh shifokori hisoblangan Majid Kenjayev ham bor.

Mas’ul tashkilotlardan ushbu tender natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar yuzasidan tegishli chora ko‘rishni so‘raymiz.

Abduqahhor Qosimov
Muxbir:

Abduqahhor Qosimov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »