Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayrim tuman va tumanlararo sudlarga yangi raislar tayinlandi. Shuningdek, bir necha nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan:

Avazjon Ergashev — sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Xudoberdi Xoliqov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Rahmatjon Arapov — sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yozyovon tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Mahkamjon Abdubannabov — sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Shehroz Omonov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Jizzax viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Ilhomjon Hamidov — sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Oybek Rasulov — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Omon Sattarov — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Shohrux Niyazov — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Shahnoza Yuldasheva — sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Ikromjon Shaymanov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Abdusalom Mirzayev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

To‘lqin Abdiraimov — sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muzrabot tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »