Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan va hech qanday uchinchi tomondan bu “to‘xtatilishi yoki majburlanishi” mumkin emas. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

“Xitoy Rossiya va dunyoning boshqa davlatlari bilan normal iqtisodiy va savdo hamkorligiga ega. Bizning hamkorligimiz tenglik va o‘zaro manfaatlarga asoslangan. Xalqaro huquq yoki BMT Xavfsizlik Kengashi mandatiga asoslanmagan bir tomonlama sanksiyalar va uzoq muddatli yurisdiksiyaga qarshimiz.

Xitoy-Rossiya hamkorligi hech qanday uchinchi tomonga qaratilmagan va hech qanday uchinchi tomon orqali bu to‘xtatilmaydi yoki majburlanmaydi”, — dedi Mao Ning.

Shuningdek, u Xitoy kompaniyalarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralar ko‘rilishini aytdi.

Xitoy TIV bayonoti sababi

“Yettilik guruhi” (G7) davlatlari yetakchilari Xitoyni Rossiyaga harbiy agressiyani to‘xtatish va Ukrainadan qo‘shinlarini olib chiqib ketish uchun bosim o‘tkazishga chaqirgandi.

G‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq, Xitoy 2022-yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Moskvaga nisbatan sanksiyalar kiritmagan. Biroq u o‘zini tinchlikka erishish uchun vositachi sifatida ko‘rsatishga harakat qildi.

Fevral oyi oxirida Pekin o‘zining “Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasi”ni e’lon qildi, u “barcha mamlakatlar suverenitetini hurmat qilish”, “sovuq urush mentalitetidan voz kechish” va “harbiy harakatlarni to‘xtatish”ni taklif qiladigan 12 banddan iborat rejani o‘z ichiga oladi.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish bo‘yicha Xitoy taklif qilgan “tinchlik rejasi”ni sharhlar ekan, prezident Vladimir Zelenskiy hujjat rezolyutsiya yoki deklaratsiya emas, faqat fikrlar bo‘lib, ba’zilari tushunarsiz ekanini aytdi.

Zelenskiy va Xitoy rahbari Si Szinpin yaqinda telefon orqali suhbatlashdi. Muzokaralardan so‘ng Xitoy Ukraina va Rossiya o‘rtasida vositachi rolini o‘ynashi mumkinligini taklif qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »