Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur onalar enaga borasida juda injiqlik qilishadi. Ba’zida ular enaga bola otasining o‘rnini bosishi kerak deb hisoblasa, ayrimlari bolani xursand qilish uchun uni videodan raqsni o‘rganishga majbur qilishlari mumkin.

Beyonse

Beyonse qizi Blyu Ayvi bilan                                                                                                          
Foto: Getty Images

Qirolicha B yordamchilarining kimligini reklama qilishni yoqtirmaydi, chunki u oila xavfsizligiga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Ishdan bo‘shatilgandan keyin ham enagalar o‘z ismlarini oshkor etmaydi — buni shartnomaning qat’iy shartlari bilan izohlash mumkin. Egizaklar — Ser, Rumiy va Blyuning sakkizta enagasi bor. Ulardan 2 tasi kichik qizi Blyuga qarashadi.

Beyonse qizi Blyu bilan                                                                                                                   
Foto: Getty Images

“Egizaklar turli vaqtlarda uxlaydi, shuning uchun Beyonse har biriga uchtadan enaga kerak, deb qaror qiladi: ertalab, tushdan keyin va kechasiga”, — deb tushuntirdi oilaning do‘stlari. Bir necha yil oldin qo‘shiqchining yordamchilaridan birining faqat bitta vazifasi bo‘lgan — Blyuening tagligini har soatda almashtirish. Shundan so‘ng talablar o‘zgardi va estrada xonandasi enagalarga “Single Ladies” klipidagi raqsini o‘rganishni va qizi onasini sog‘inganda shu qo‘shiqqa o‘ynab berishni talab qildi.

Beyons va Jey-Zi enagalar uchun yiliga 100 ming dollar sarflashadi — bunday katta maoshni Amerikada yuqori malakali shifokor, masalan, jarroh yoki Rumining enagasi olishi mumkin.

Jennifer Lopes

Jennifer Lopesning qizi Emma                                                                                                   
Foto: Getty Images

Jey Lo enaga yollashda mutlaqo boshqacha yondashuvga ega. U uyda sakkizta enaga bo‘lishi tarafdori emas va bir kishi ularning vazifalarini bajarishini afzal ko‘radi. Ammo ikkita chet tilini biladigan va haftada 7 kun bolalarga g‘amxo‘rlik qilishni xohlaydigan bunday super ayolni topish juda qiyin. Lopes buning yo‘lini topdi: u erkak enagani ishga yolladi.

Jennifer Lopesning o'g'li Maksimilian enagasi bilan                                                                  
Foto: Getty Images

2015-yilda qo‘shiqchi erkak kishining tarbiyasi yetishmayotgan o‘g‘li Maks uchun do‘st qidirayotganini ma’lum qildi. Bu borada qizi Emmada muammo yo‘q: u buvisi va onasi bilan birga yuradi. “O‘g‘limga otasining o‘rnini bosadigan odam kerak”, — deb tan oladi Jennifer.

Sara Jessika Parker

Merion va Tabita Broderik enagasi bilan                                                                                    
Foto: Getty Images

“Uyimizda doim tartibsiz bo‘ladi, lekin bu bizning eng sevimli ishimiz. Biz enaga xizmatiga murojaat qilmaslikka harakat qilamiz”, — deydi yulduz egizaklari Tabita va Marion tug‘ilgandan keyin. Ammo keyinchalik u ham Nyu-York ko‘chalarida enaga bilan birga paydo bo‘ldi. Aftidan, tartibsizlik joniga tekkan, aktrisa va uning eri yordamga muhtoj bo‘lgan.

Sara Jessika Parkerning qizi Tabita enagasi bilan                                                                        
Foto: Getty Images

Sara Jessika uzoq vaqt qizlarini dunyoga keltirib bergan surrogat onaning sog‘lig‘i haqida qayg‘urgan. Aktrisa bolalarning biologik onasining farovonligini ta’minlaydi, chaqaloqlar tug‘ilgandan keyin ham vitamin va qo‘shimchalarni qabul qilish reaksiyalarini yozib yuradi.

Jessika Alba

Konni Simpson
Foto: Getty Images

Albaning enagasi o‘ziga xos yulduz, Gollivudning eng yaxshi enagasi deb aytish mumkin. Konni Simpsonni yollash uchun aktrisa uning raqamini Jastin Timberleyk va Emili Blantdan so;rab olgan - umuman olganda, ebu enaga katta talabga ega bo‘lgan mutaxassis. Professional yordamchi 30 yillik tajribaga ega va taniqli ota-onalar uni fidoyiligi va bolalar sevib qolgan ajoyib shaxsiyatini doim maqtashadi. Konni 250 dan ortiq mashhur merosxo‘rlarni tarbiyalagan.

Konni Simpson va Jessika Alba                                                                                                  
Foto: Getty Images

Shu sababli Megan Markl va shahzoda Garri enaga tanlash masalasiga duch kelganlarida Konniga murojaat qilishgan. Simpson hatto to‘rt oygacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalash haqida kitob yozgan va sobiq gersoginya u bilan muntazam ravishda maslahatlashgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Ammo u Gollivudning eng mashhur enagasi bilan umumiy til topoldimi yoki yo‘qmi noma'lum: Konni shov-shuvli shon-shuhratga ega bo‘lgan ota-onalarni yoqtirmaydi.

Megan Markl va shahzoda Garri o'g'li Archi bilan                                                                       
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »