Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatining Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarga qarshi kurashish vazirligi to‘ydagi ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish to‘g‘risida qaror chiqargan. Unda xususan, qizlar va bevalarga to‘lanadigan mahr pulining chegarasi belgilab qo‘yilgan. “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri bir necha hududlar misolida mahr miqdori va to‘yga pul topish uchun yillab xorijda ishlayotgan odamlar haqida hikoya qildi.

Foto: “Daryo”

Parvon viloyatining Jabal-Ussaraj tumanida Ulamolar kengashi yosh qizning mahrini 100 ming afg‘oniy (1 140 dollar) etib belgilagan, shundan 30 ming afg‘oniy, ya’ni 340 dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri kelinga berilishi ko‘rsatilgan. Rasmiy qarorga ko‘ra, kelinning oilasi to‘y marosimi tugaguniga qadar bo‘lgan xarajatlar uchun ham shu puldan ishlatishi kerak.

Bevalarning mahri 50 000 afg‘oniy, ya’ni 570 dollar, qo‘shimcha ravishda 10 gramm oltin aytilgan. Qizlar uchun esa 25 gramm arab oltini berilishi ko‘rsatilgan.

Kengash qarorining to‘rtinchi moddasida har ikki tomonning mehmonlarga ziyofati  peshin vaqtida o‘tkazilishi kerakligi aytilgan. Shuningdek, to‘y tomonlari bir-biriga bayramlarda shirinlik yuborishi kabi har qanday ortiqcha marosimlar man etilgan. Parvon viloyati Ulamolar qarorida qoidabuzarlarga nisbatan jiddiy “qonuniy” choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.

Kapisa viloyatining Kohiston tumanida yosh qizlar uchun mahr puli 150 ming afg‘oniy, ya’ni 1 700 dollar qilib belgilangan. Kohiston tumanida “Tolibon” tomonidan tayinlangan hokim Abdulmatin Said xalq bilan uchrashuvda beva ayollarning mahri 80 ming afg‘oniy, yaʼni 900 dollar ekanini aytgan. U kuyov tomonning oilasi boshqa hech qanday xarajat qilmasligini ta’kidlab, unashtirish marosimlari, hayit, tug‘ilgan kunlar, kelinning go‘zallik saloniga borishi va boshqa ko‘plab tadbirlarni taqiqlagan.

Kohiston hokimi qarorga bo‘ysunmaganlar 150 ming afg‘oniy (1 700 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi va “Tolibon” sudi tomonidan jazolanishi haqida ogohlantirgan.

“Daryo” muxbiri Afg‘onistonda to‘y xarajatlari juda katta, to‘yxonalar nihoyatda hashamatli ekanini ta’kidladi.

Afg‘on yigitlarining ko‘pchiligi to‘yga pul topish maqsadida Eron, Pokiston, Turkiyaga ketadi va ushbu mamlakatlarda yillab mehnat qiladi.

Sarpul viloyatida yashovchi Dovud ismi kishining “Daryo” muxbiriga aytishicha, u uch yil avval katta xarajat bilan uylangan, keyin qarzlarni to‘lash uchun noqonuniy yo‘llar bilan Eronga ketgan, chegarada eronlik chegarachilar tomonidan kaltaklangan. Unga ko‘ra, haligacha qaynotasidan 600 ming afg‘oniy (6 850 dollar) qarzdor, uni to‘lash uchun kecha-yu kunduz ishlaydi.

Jo‘zjon viloyatining Aqcha tumanida yashovchisi Xudoynazar ismi kishi to‘ylarga 6 ming dollar va undan ortiq mablag‘ sarflanishini, xarajatlar juda katta ekanini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »