Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov viloyat chegarasi bo‘ylab yettita o‘zini-o‘zi mudofaa batalonlari tuzilganini, biroq Rossiya qonunchiligi tufayli ularda qurol-yarog‘ yo‘qligini aytdi.

Foto: Telegram

“Chegarada deyarli uch ming kishi bor. Ular o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab mashg‘ulotlar o‘tamoqda. Bular allaqachon jangovar tayyor bo‘linmalar bo‘lib, ularga forma va jihozlar yetkazib berilgan. Bitta narsa — amaldagi qonunchilik bilan bog‘liq holda, qurol-yarog‘ masalasi hali hal qilinmagan”, — dedi Gladkov viloyat aholisidan birining savoliga javoban.

Gubernator, shuningdek, viloyat rasmiylari o‘zini-o‘zi mudofaa jangchilariga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun “huquqiy asos qidirayotgani”, ammo “qonun doirasida harakat qilishga” majbur ekanini qo‘shimcha qildi.

Belgorod viloyati, Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh boshqa hududlari kabi, muntazam ravishda o‘qqa tutiladi. Mintaqadagi keskin vaziyat tufayli 2022-yil noyabrda Gladkov Ukraina bilan chegarada “xavfsizlik chizig‘i” – mudofaa istehkomlari tizimi qurilayotganini ma’lum qildi. 2023-yil mart oyida gubernator qurilish tugallanganini e’lon qildi. Shu bilan birga, Gladkov liniya uchun 10 milliard rubl sarflanganini aytdi.

Barcha tayyorgarliklarga qaramay, 22-may kuni “Ukraina Qurolli kuchlarining sabotaj-razvedka guruhi” Belgorod viloyatining Grayvoron shahar okrugi hududiga bostirib kirdi. Shu bilan birga, Glotovo, Kozinka va Gora-Podil aholi punktlarida janglar bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik, “Rossiya ozodligi legioni” va Rossiya ko‘ngillilar korpusi sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi — ular, asosan, ruslardan iborat bo‘linmalar bo‘lib, Ukraina Qurolli kuchlari tomonida jang qiladi. Birgalikdagi bayonotlarida tuzilmalar vakillari Rossiya hududida boshqa “operatsiyalar”ni rejalashtirayotganini aytishdi.

Shu bilan birga, 7x7 Horizontal Russia nashri 2022-yil sentabr oyi boshidan beri chegarani qo‘riqlash uchun Belgorod viloyatiga tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatchilar ommaviy ravishda yuborilayotgani haqida xabar berdi. Harbiy xizmatchilarning onalari jurnalistlarga farzandlari chegarada “oldingi qatorda” ekanini va “hatto Ukraina askarlarini ko‘rib turgani”ni, ularning orqasida esa chegarachilar va Rosgvardiya xodimlari patrullik qilishini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »