Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter egasi Ilon Mask 2024-yilgi saylovlarda AQSH prezidentligi uchun kurashadigan nomzodlarning barchasini o‘z platformasiga taklif qildi.

Foto: AP Photo

“Prezidentlikka nomzodlarning barchasini ushbu platformada xush ko‘ramiz!” — deb yozgan u.

Ayni paytda, Florida gubernatori Ron Desantis saylovda ishtirok etishini e’lon qilayotgan paytda platformada yuzaga kelgan texnik nosozliklar ko‘plab hazillarga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, AQSH prezidenti Jo Bayden muammo vaqtida Twitter’da “Ushbu link ishlaydi” deb yozdi va unga o‘z saylov kampaniyasi uchun xayriya to‘playdigan akkaunt havolasini biriktirdi.

Respublikachilardan bo‘lgan Desantisning asosiy raqibi, sobiq prezident Donald Tramp uning bayonotini “falokat” deb atadi.

“Twitter’da Desantisning kampaniyasi boshlanishi — FALOKAT! Uning butun saylov kampaniyasi falokatga aylanadi. QARAB TURINGLAR”, — deb yozdi u Telegram kanalida.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Kapitoliyga qilingan hujumga bag‘ishlangan tvitlar tufayli Twitter Donald Trampning akkauntini “bir umrga” bloklab qo‘ygandi. 2022-yilda Twitter’ni sotib olgan Mask Trampning akkauntini tikladi. Ammo Tramp hali uni yuritishni boshlamagan.

Florida gubernatori 24-may kuni AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yishini rasman eʼlon qildi.

“Men Amerikaning ajoyib qaytishiga rahbarlik qilish uchun prezidentlikka da’vogarman”, — dedi Desantis Twitter egasi Mask bilan ijtimoiy tarmoqning ovozli chati orqali suhbatda.

Tadbir boshida 20 daqiqadan ko‘proq vaqt ovozda uzilishlar kuzatildi. Mask buni “serverlarga yuklama oshib ketgan”i bilan izohladi.

Twitter mobil dasturi ishlamay qoldi va foydalanuvchilar chatni eshita olmaganidan shikoyat qildi. Munozara moderatori Devid Saksning so‘zlariga ko‘ra, nosozliklar chatni tinglashga qo‘shilmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar ko‘payib ketgani sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »