Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Eron xalqiga murojaat qilib, Ukrainaga qarshi urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash orqali Eron dunyodan yanada ko‘proq yakkalanayotganini ta’kidladi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi jami 1160 ga yaqin Shahed dronlari ishlatilgan. Ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa kuchlari yordamida urib tushirilgan.

“Ammo bugungi kunda bunday zarbalar tinimsiz davom etayotganini hisobga olib, men to‘g‘ridan to‘g‘ri Eron xalqiga murojaat qilmoqchiman. Oddiy savol: Rossiya terroriga sherik bo‘lish sizlarga nega kerak? Nega yovuz davlat tarafidasiz? Butun dunyo nima bo‘layotganini ko‘rib turibdi, Erondagilarning hammasi ko‘ryapti, yovuzlikni qo‘llab-quvvatlayotganingizni inkor etib bo‘lmaydi”, — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, ukrainalik himoyachilar Eronning Shahed’larini urib tushirishni o‘rgangan bo‘lsa-da, o‘tkazib yuborilayotgan zarbalar bor, buning oqibatida odamlar halok bo‘lmoqda. “Rossiyaning qo‘li bilan, lekin sizning qurolingiz bilan. Bu bilan nimaga erishasiz? Dunyodan yanada ko‘proq izolyatsiya, yanada ko‘proq muammolarga”, — dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun mutlaqo hamma narsa nishon: uy-joy, maktablar, kasalxonalar, ibodatxonalar, cherkovlar, elektr stansiyalari, bozorlar, hatto gumanitar yordam punktlari va avtobus bekatlari. Bunday misollarni minglab keltirish mumkin.

Rossiya Ukrainadagi urushda Eron qurollaridan, xususan, Shahed-131/136 kamikadze-dronlaridan faol foydalanmoqda. Avvalroq The Guardian gazetasi Eron Rossiyaga qayta foydalanish mumkin bo‘lgan uzoq masofali hujumchi dronlar partiyasini topshirganini yozgandi. G‘arb OAVlari Rossiya va Eron rasmiylari Rossiya hududida dronlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyati bo‘yicha kelishib olgani haqida bir necha bor yozgan.

Mavzuga doir
Izoh

Texno Park AAA

25.05.2023, 09:27

маскарабоз хаётни кинога аралаштириб юбордингку,

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »