Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saif Ali Xon “Pataudi navabi” knyazlik unvoniga ega, ammo u o‘z merosini yaxshigina pul evaziga sotib olishga majbur bo‘ldi. Otasi Mansur Ali Xon vafot etgach, ajdodlaridan qolgan saroy Neemrana mehmonxonasiga ijaraga beriladi. Keyinchalik Saifdan saroyni qaytarib olmoqchimisiz, deb so‘rashganda u shunday deb javob beradi.

Foto: Bollywoodtime
“Men ularga uyni sotib olmoqchi ekanimni aytdim, ular esa aqlbovar qilmas summa 800 kror (8 milliard rupiyga teng) so‘rashdi. Ha, bizning oilamiz tarixi, madaniyati, chiroyli fotosuratlari bor. Men oilamizdan yaxshi tarbiya oldim, ammo merosni emas”.
Foto: Bollywoodtime

Saifning asl ismi — Sajid. U 1970-yil 16-avgustda Mumbayda Hindiston kriket jamoasi sardori Mansur Ali Xon va uning rafiqasi aktrisa Sharmila Tagor oilasida tug‘ilgan.

Foto: Bollywoodtime

1971-yilda mamlakat hukumati unvonlarni va qirol oilalariga hukmronlik davrida hadya qilingan yer, mulk va merosni bekor qiladi. Lekin buning evaziga Saifning buvisi Sojida Sultonga Dehlidan katta uy sovg‘a qilinadi. Shunday qilib, o‘g‘illari tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay, Mansur va Sharmila Mumbayni tark etib, shu katta uyga ko‘chib o‘tishadi.

Foto: Bollywoodtime

Saifning aytishicha, uning butun bolaligi sport zalida o‘tgan. Aslida unga otasining kasbi onasining kino sanoatidagi karyerasidan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilgan. U tinib-tinchimas o‘smir edi. Ertalabdan kechgacha ziyofat va diskotekada bo‘lar, uyda deyarli ko‘rinmasdi.

Foto: Bollywoodtime

O‘g‘lining beparvo yoshligidan xavotirlangan ota uni reklama agentligiga ishga joylashtiradi. Saif buni kulib eslaydi: “Mening vazifalarimdan biri diniy kalendarlar yasash edi. Ularning barchasida men hal qilishim kerak bo‘lgan yagona savol bo'lardi: Vishnu xudosini oktabr kalendariga joylashtirish kerakmi yoki noyabrga? Men bu ishga umuman qiziqmasdim”.

Foto: Bollywoodtime

Hayron qolasiz, lekin Saif yoshligida o‘zini juda xunuk hisoblagan. “Men qizbolasifat, uyatchan, o‘ziga ishonchsiz yigit edim. Bayramlarimdan charchagan ota-onam meni Angliyaga o‘qishga yuborishdi. Avval Vinchester kollejiga, keyin esa Oksfordga yuborishni rejalashtirishgan. Lekin men u yerga hech qachon bormaganman. Chunki hayotda hech narsaga jiddiy qaramasdim”.

Foto: Bollywoodtime

Hindistonga qaytib kelganimda rejissor Anand Mahendru menga film taklif qildi. Bombeyga ko‘chib o‘tish fikri ichimda qo‘rquv bilan jarangladi!”

Foto: Bollywoodtime

Shunday qilib, Saif qochib ketadi — uydan ota-onasining ruxsatisiz chiqib ketadi. Karyerasini kinoga aloqasi bo‘lmagan ko‘plab aktyorlar kabi boshlaydi: rol uchun kurash, ijaraga olingan kichkina kvartira, rejissorlar bilan tanishish. Ilgari u faqat Amerika filmlarini tomosha qilgan, hind kinolari uni qiziqtirmasdi. Umuman olganda kino uni hayratda qoldirmaydi. U onasining bir qancha filmlarini tomosha qilgan, biroq ekranda uning ko‘z yoshlariga chiday olmaganini tan oladi.

Foto: Bollywoodtime

Saifning birinchi prodyuseri Satti Shori edi (bilmaganlar uchun bu Mona Shorining onasi va Arjun Kapurning buvisi). U Saifga haftasiga 1 000 rupiy to‘lagan. Ammo ular ustida ish boshlashi kerak bo‘lgan loyiha to‘xtatib qo‘yiladi. Keyinchalik Rahul Ravayl Xonni “Haqiqiy sevgi” filmiga taklif qiladi.

Foto: Bollywoodtime

Biroq Saif bu loyihani ham boy beradi. Uning o‘rniga Kamol Sadana bosh rolni o‘ynaydi. 90-yillarning boshlarida barcha hind jurnallarida shov-shuvli xabar tarqaladi — aktrisa Sharmila Tagorning o‘g‘li filmda debyut qilishga tayyorlanayotgandi, lekin u mast holda suratga olish maydonchasiga kelgan va filmdan haydalgan.

Foto: Bollywoodtime

Aslida Saif rahbarlarga bo‘ysunmagandi. U kun bo‘yi shunchaki bo‘sh o‘tiradi, hammasi qanchalik jiddiy ekanini tushunmaydi. “Men qo‘pol va mas’uliyatsiz yigit edim. O‘shanda ishga bo‘lgan munosabatim tufayli ketishimni talab qilishgan, deb o‘ylayman”, — deya tan oladi u.

Foto: Bollywoodtime

Ammo suratga olish maydonchasida u aktrisa Amrita Singx bilan tanishib qoladi va darhol unga uylanadi.

“Ha, men uydan qochib, 20 yoshda uylandim. Ota-onalarimiz qarshi edi, lekin keyin bizni kechirishdi. Bugun hayotga jiddiy qarashni o‘rgatgan yagona odam bo‘lgani uchun sobiq xotinimdan minnatdorman.
Rafiqam menga beparvolik bilan maqsadga erishib bo‘lmaydi, degandi. O‘shanda Yash Chopra “Yozilmagan qonun” romantik dramasiga taklif qilib qoldi”, — deb eslaydi Saif.
Foto: Bollywoodtime

“90-yillarda siz ma’lum bir qoliplarga mos kelishingiz kerak edi. Bizga tajribamizni oshirish uchun ko‘p taklif bo‘lmasdi. Boshqalar 15 ta filmda suratga tushayotgan bir paytda Amir Xon yiliga atigi 5 ta filmda rol o‘ynashini aytgandi. Men ess oddiy filmlarni tanlardim, asosiysi ulardagi musiqa zo‘r edi. Rolning qanaqaligi men uchun muhim emasdi”.

Foto: Bollywoodtime

Xon hech qachon ikki bosh qahramon ishtirokidagi filmlarni rad qilmagan. 90-yillar uning ishtirokidagi “Sevgi bilan hazillashilmaydi", “Mendan o‘zib ketishga urinma” va “Birodarlik rishtalari” kabi ko‘p yulduzli xitlar bilan ajralib turadi. 2000-yillarning boshlarida “Oshiq qalblar” va “Erta keladimi yoki yo‘q” kult loyihalari chiqadi.

Foto: Bollywoodtime

2009-yilda “Muhabbat kecha va bugun” melodramasiga Saif Ali Xon prodyuserlik qiladi. Keyinchalik aktyor yangi amplua “Agent Vinod” trilleri va “Goaga borib kelamiz” nomli komediyasini chiqaradi. Saif shuningdek, veb-seriallarda ishtirok etgan birinchi Bollivud yulduzi edi. 2018-yilda u ikki fasldan iborat 16-qismli “Muqaddas o‘yinlar” serialida rol o‘ynaydi.

Foto: Bollywoodtime

Hozirda veb-loyihalarda birinchi darajali aktyorlarni ko‘rish odat tusiga kirgan, Xon faoliyatining boshida takabburligi bilan shuhrat qozongan, ammo keyinchalik “shou-biznesdagi eng katta va hurmatli yulduzlardan biri”ga aylangan. Uning filmografiyasida yuqori darajadagi asosiy loyihalar va mustaqil rejissor sifatida ishlagan ommabop filmlarni o‘z ichiga oladi.

Foto: Bollywoodtime

Saif bilan muloqot qilgan odamlar u bilan falsafa va siyosatdan tortib sport, kitob va musiqagacha har qanday mavzuda gaplashishlari mumkinligini aytishadi.

Foto: Bollywoodtime

Uning birinchi nikohi havas qilarli bo‘lmadi. Ikkinchi turmushi Raj Kapurning nevarasi Karina Kapur bilan oila qurganiga 10 yildan oshdi.

Foto: Bollywoodtime

Birinchi turmushidan aktyorning ikki farzandi bor — qizi Sara Ali Xon, u ham aktrisa va o‘g‘li Ibrohim Ali Xon — Bollivudda debyut qilish arafasida.

Foto: Bollywoodtime

Ikkinchi nikohidan esa ikki o‘g‘li voyaga yetmoqda — Taymur va Jeh. Muxlislar yosh bo‘lishiga qaramay, ular ham otasining izidan borishlariga shubha qilishmaydi. Ko‘p farzandli ota esa xursand — uning kinodagi yo‘lini davom ettiradigan merosxo‘rlari bor.

Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »